1-Ma’ruza: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari Dars rejasi


Bir sonining o`ziga xos grammatik xususiyatlari


Download 391.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana03.02.2023
Hajmi391.64 Kb.
#1150238
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
OTNA MA\'RUZA 2 KURS

Bir sonining o`ziga xos grammatik xususiyatlari. 
Sonlar ichida bir soni o`ziga xos grammatik xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Bir soni yuqorida qayd etilgan sonlarga xos leksik-grammatik xususiyatlarga ega 
bo`lishi bilan birga o`ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega: 
1. Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelib, gumon 
noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Maqsud aka Oybek ikkovimizga kula-kula bir 
voqeani aytib bergan edi. (Z.Saidnosirova.) 


Miqdor anglatadigan so`zlari so`roq olmoshlari yoki narsa so`zidan oldin bir 
so`zini kiritish bilan gumon, noaniqlik ma’nosidagi ravishlar yasaladi: bir necha, bir 
qancha, bir nima, bir narsa, bir zum, bir payt kabi. 
Bir so`ziga –ov, -on, -or affiksi qo`shilishi bilan ham gumon ma’nosini 
bildiruvchi gumon olmoshlari yasaladi: birov, biron, biror kabi. 
2. Bir soni fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda, g`oyat) 
va kuchaytiruv yuklamasi (hatto) kabi ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi: Bir 
chiroyli, bir yoqimli shamol turdi (Said Ahmad). 
3. Bir soni sifatlovchi-sifatlanmish orasida kelganda ham ma’noni 
kuchaytiradi: Gulnor uchun ulug` bir baxt shu uchrashuv bo`ldi (A.Q.) Juvon asabiy 
bir harakat bilan ro`molini olib o`radi (A.Q.). 
4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, 
chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur 
gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini 
bajargan. 
5. Bog`lovchi vazifasida kelib, uyushiq gap bo`laklarini yoki qo`shma gap 
qismlarini bog`lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning 
(Maqol). 
6. Bir soni o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan «hech kim», «hech qanday» 
olmoshlar ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi. 
7. Kesim vazifasini bajarib kelganda, birdamlik, o`xshashlik, umumiylik 
ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan 
dili bir bo`lsin. 
Bir sonidan olmosh, ravish, ot va fe’l yasaladi: bir necha, bir narsa, bir zum, 
bir payt, bir vaqt, birlik kabi. 

Download 391.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling