Boshqa turkumga oid so`zlarning olmoshlarga ko`chishi
Quyidagi turkumlarga tegishli ayrim so`zlar olmoshga ko`chadi: 1) ot:
odam, kishi, inson, narsa, ish; 2) sifat:
ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi;
3) son:
bir.
Umuman olganda, bir, har, hech so`zlari bilan keladigan ko`pgina
so`zlar olmoshga ko`chishi mumkin:
hech narsa, bir narsa, har erda.
Eski o`zbek tilida
men olmoshi o`rnida
kamina (hozir ham ishlatiladi),
faqir,
kaminai kamtarin, qulingiz, bandai ojizingiz kabi so`zlar qo`llangan (25; 28).
Olmoshlarning tuzilish turlari
1. Sodda olmoshlar barcha olmoshlar guruhida mavjud:
men, shu, o`z, kim,
hamma, hech, birov.
2. Qo`shma olmoshlar faqat ko`rsatish,
belgilash, bo`lishsizlik
olmoshlari
guruhida mavjud:
ana shu, har kim, hech nima.
3. Juft olmoshlar faqat kishilik, ko`rsatish olmoshlari guruhida bor:
sizu biz,
u-bu.
4. Takroriy olmoshlar ko`rsatish, o`zlik, so`roq,
belgilash olmoshlariga
tegishlidir:
shu-shu, o`z-o`zini, kim-kim, barcha-barchasi.
Olmosh tahlili namunasi
1. So`rog`i.
2. Qaysi turkum o`rnida kelganligi.
3. Ma’no guruhi.
4. Tuzilish turi.
5. Gapdagi sintaktik vazifasi
Takrorlash uchun savollar:
1. Ot turkumining ta’rifi va so`roqlarini ayting, misollar keltiring.
2. Otlarning xususiyatlari va gapdagi vazifalarini ayting.
3. Turdosh otlar deb qanday otlarga aytiladi?
4. Qanday tushunchani ifodalashiga ko`ra turdosh otlarning turlari haqida gapiring.
5. Birlik shaklda ko`plikni ifodalash-ifodalamasligiga ko`ra turdosh otlarning
turlari haqida gapiring.
6. Atoqli otlarning ta’rifi va turlari haqida gapiring.
7. Turdosh otlarning atoqli otlarga, atoqli otlarning turdosh otlarga o`tishiga
misollar keltiring.
8. Otlardagi birlik ma’nosi qanday vositalar yordamida ifodalanadi?
9. Otlardagi ko`plik ma’nosi qanday vositalar yordamida ifodalanadi?
10. Qanday otlar faqat birlikda qo`llanadi?