1-Ma’ruza: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari Dars rejasi


Download 391.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana03.02.2023
Hajmi391.64 Kb.
#1150238
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
OTNA MA\'RUZA 2 KURS

4. So`roq olmoshlari biror narsa-buyum, belgi yoki miqdor haqidagi so`roqni 
bildirgan olmoshlardir. So`roq olmoshlarining nimaga nisbatan so`roq bildirishini 
quyidagi jadvaldan bilsa bo`ladi: 
№ So`roq turi 
Olmoshlar 
1. 
SHaxsga so`roq 
Kim? 
2. 
Narsaga so`roq 
Nima? 
3. 
Belgi-xususiyatga so`roq 
Qanday? Qanaqa? Qaysi? 
4. 
Miqdorga so`roq 
Qancha? Necha? Nechta?
5. 
Tartibga so`roq 
Nechanchi? 
6. 
Sabab-maqsadga so`roq 
Nega? Nimaga ?


7. 
O`rin-joyga so`roq 
Qaerda? 
 
Qayda?
Qayoqqa? 
8. 
Paytga so`roq 
Qachon? 
9. Mavjudlikka so`roq 
Qani? 
Kim birlik va ko`plikda qo`llanadi, egalik va kelishik qo`shimchalarini oladi: Kim 
so`zladi? Nimalarni ko`rding? Nimang bor? Nima olmoshi belgisiz kelishik 
shaklida kelishi mumkin: Nima(ni) olding?
Qanday, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi: qanaqa 
odam, qaysi kitob.  Qaerda, qayda, qani, qayoqqa, qachon, nega olmoshlari o`rin, 
payt, mavjudlik, sabab, maqsad kabilarni aniqlash uchun ishlatiladi: Qachon keldi? 
Qaerda yuribdi? Ukang qani? Qayoqqa ketdi? Nega keldi? 
5. Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig`indisini bildiradi yoki 
ularni ayirib ko`rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo`lish mumkin:
1) jamlovchi belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, jamiyki, butun, 
yalpi so`zlari kiradi. 2) ayiruvchi belgilash olmoshlariga har so`zining o`zi (Har 
qovunlarki...) va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so`zlar kiradi va bu 
olmoshlar to`pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradi. Har so`zi ayrim 
yoziladi. 
Hamma, barcha, bari olmoshlari ko`plikni anglatadi. Belgilash olmoshlari 
egalik, kelishik, ko`plik qo`shimchalari bilan qo`llanadi: Hammalari jim. Har 

Download 391.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling