1-Ma’ruza: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari Dars rejasi
Download 391.64 Kb. Pdf ko'rish
|
OTNA MA\'RUZA 2 KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) ot toifasidagi olmoshlar.
yoqtirmaysan, bu esa insondagi eng yomon xislatdir. Olmoshlar turlanadi, gapda
ko`pincha ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi va undalma bo`lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. SHu kitobni bering. Hoy sen, beri kel! Olmoshlar gapda so`zlarni o`rinsiz takrorlashdan qutqaradi, fikrni ixcham, qisqa qilib ifodalashga yordam beradi. Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlariga ega: 1) so`z yasalish xususiyati yo`q (lekin olmoshlar asosida ot, fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: o`zlik, sensirama, o`zicha, menbop); 2) juftlanib, boshqa so`z turkumi vazifasida keladi: o`sha-o`sha, shu-shu (ravish); 3) olmoshlar otlarga xos so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi; 4) olmosh hech vaqt o`zidan oldin aniqlovchi olmaydi. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko`ra quyidagi turlarga bo`lsa bo`ladi: 1) ot toifasidagi olmoshlar. Bular otlarning so`roqlariga javob bo`ladi, otlarga o`xshab so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi. 2) sifat toifasidagi olmoshlar. Bular sifatlarga o`xshab sifatlovchi-aniqlovchi, kesim va hol vazi-falarini bajaradi, otlashish xususiyatiga ega. 3) son toifasidagi olmoshlar. Bular miqdorni ifodalash uchun qo`llanadi va gapda sifatlovchi-aniqlovchi, kesim, ba’zan hol vazifalarini bajaradi. Olmoshlarning ma’no turlari 1. Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigi qo`shimchalari qo`shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo`shimchasi –niki qo`shilganida esa, -n tushiriladi: men+ning=mening, sen+ni=seni, sen+niki=seniki. Ayrim vaqtlarda biz, siz, ular olmoshlari birlik ma’nosida ham ishlatiladi, bunda biz olmoshi kamtarlik, bajirilgan ishda o`zining rolini oshirmaslik kabi ma’nolarni ifodalaydi. Siz, ular esa hurmat ma’nosini bildiradi, bunda siz olmoshiga ko`plikni ifodalash uchun –lar qo`shimchasi qo`shiladi. Bu olmoshlarga egalik qo`shimchalari deyarli qo`shilmaydi. Kishilik olmoshlari gapda ega (Men keldim), to`ldiruvchi (Senga aytaman), qaratqich aniqlovchi (Uning ukasi kelibdi), ot-kesim (Mening do`stim sensan) vazifalarini bajaradi. Download 391.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling