kimga aytaverma.
6. Bo`lishsizlik olmoshlari inkor ma’nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech
so`zining o`zi va shu so`zning ba’zi so`roq olmoshlari bilan birikishidan hosil
qilinadi, hech so`zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik, kelishik qo`shimchalari
bilan qo`llanadi: U hech kimni ko`rmadi. Hech kimim yo`q.
Hech so`zi yakka holda qo`llanganda, ko`pincha fe’llar oldida kelib, ravish
vazifasini bajaradi (lekin butunlay ravish turkumiga o`tmaydi): U hech qiynalmadi.
Bo`lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo`ladi:
Hech qachon unutmaydi.
Kimsa so`zi ham bo`lishsizlik olmoshlari o`rnida qo`llanishi mumkin: Buni
kimsa (hech kim) bilmasligi kerak.
7. Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki voqea haqidagi noaniq tasavvurni
bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla- yordamida yoki -dir qo`shimchasi bilan
hosil qilinadi: allakim, allanima, allanarsa (narsadir emas), allaqaysi, allaqaer,
allaqayoq, allanechuk, allaqancha, allanechanchi, kimdir, nimadir, qachondir,
qandaydir, qaerdadir, qaergadir, negadir. Gumon olmoshlari so`roq olmoshlariga
bir, ham so`zlarini qo`shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim ham
chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima deganday bo`ldi. (Ba’zan bir nima
birikmasi bo`lishsiz olmosh o`rnida kelishi mumkin: Buni ko`rib bir nima demadi.)
Bu olmoshlar birlik va ko`plikda (allakimlar) keladi, kelishiklarda turlanadi:
(kimnidir), egalik qo`shimchasini oladi (allakimim). Birov so`zi ham kimdir, allakim
so`zlariga sinonim bo`lgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. Birov so`zi,
shuningdek, har kim, hech kim, bitta degan so`zlarga ham sinonim bo`lishi
mumkin.
D i q q a t ! Ayrim darsliklarda ot-olmoshlari ham ajratiladi Bunga kamina,
faqir, banda so`zlari kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |