1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari reja
Download 199.72 Kb.
|
1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yiladigan tok va kuchlanishlar. Tayanch so‘z va iboralar
Nazorat savollari:
“O‘TY” AJ da “Mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi” qachon qayta tashkil etildi? 13-MA’RUZA ELEKTR XAVFSIZLIGI. ELEKTR TOKINING INSONGA TA’SIRI Reja: 1. Elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkalarida elektr xavfsizligi; 2. Ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yiladigan tok va kuchlanishlar. Tayanch so‘z va iboralar Mehnat muxofazasi 1. Elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkalarida elektr xavfsizligi Elektr tokining inson organizmiga ta’siri natijasida shikastlanish hosil qiladi. Uning oqibati tokning miqdori va uning harakat davomiyligi, shuningdek inson tanasi va organizmning individual xossalari orqali o‘tish yo‘li va chastotasiga bog‘liq. Elektr tokining insonga ta’sir xavfi ko‘z uchun sezilmas, quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan, masofada sezilmaydigan, hidga ega bo‘lmaganligi uchun ham katta, qandaydir sabab bilan kuchlanish ostiga tushgan elektr qurilmalar detallari va ularning korpuslari yoki himoyalanmagan tokka ega simlar bilan kesishuvchanligi paytidagina qabul etiladi. Elektr toki ta’siri ostida qolgan inson organizmi faqat jismoniy tana sifatidagina ko‘rib chiqolmaydi. Elektr toki inson tanasiga «kirish» joyi orqali kirib, tok o‘tish yo‘li bo‘ylab, qaqshatqich ta’sir ko‘rsatadi, bu hol faqat uning «kirish» yoki «chikish» joylaridagina ro‘y bermaydi. Tokning bu harakat ta’sir xususiyati boshqa qaqshatuvchilarga nisbatan (mexanik, yonilg‘i va boshqa), (kirishda) faqat mahalliy qaqshatish chaqirishi bilan ifodalanadi. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri (kuyish) issiqlik, mexanik (to‘qimalarning yorilishi) yoki kimyoviy (elektroliz) bo‘lishi mumkin. Tok mushaklar qisqarishi, nafas paralichi (falaji), yurak falajini keltirib chiqib, biologik ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.Elektr tarmoqlari va elektr qurilmalarini 2 guruhga bo‘lish qabul qilinadi: 1 guruh - 1000 V gacha kuchlanishli; 2 guruh - 1000 V dan yuqori kuchlanishli. Elektr tarmoqlari tokli quvurlar soni bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: Bir o‘tkazgichli, 2 o‘tkazgichli, 3 o‘tkazgichli, 4 o‘tkazgichli. Bir o‘tkazgichli tarmoqda rels yoki er ikkinchi o‘tkazgich sanaladi. Bu sxema bo‘yicha tramvaylar, elektrovozlar, gohida payvandlash qurilmalari ishlaydi. Temir yыl transporti musta=il davlatlar щamdыstligi elektr stansiyalarida ishlab chi=ariladigan elektr energiyasining 7 % dan kыpro\ini iste’mol qiladi. Elektr energiyasi asosan poezdlar tortishga va qisman notortuvchi iste’molchilar (depo, bekat, ustaxona, щamda noщiya iste’molchilari) ta’minotiga ishlatiladi. Yirik issiqlik, gidravlik va atom elektrstansiyalari 6÷21 kV kuchlanishli uch fazali o‘zgaruvchan tokli elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Tokning ushbu turi elektr energiyani ishlab chiqishda va taqsimlashda, hamda sanoatda keng tarqalgan asinxron motorlarni ta’minlashda qulaydir. Elektr-energiyasini energiya tizimlariga uzatish uchun nimstansiyalarda elektr uzatish liniyasi uzunligiga qarab kuchlanish 25-750 kV gacha oshiriladi. Elektr energiyasi iste’molchisiga yaqin joylardagi transformator nimstansiyalarida kuchlanish 110-220 kV gacha pasaytiriladi va tok yu=ori kuchlanishli nohiyaviy tarmoqlarga beriladi. Elektrlashtirilgan temir yыllarda elektr harakat tarkibining (EHT) tok qabul qilgichlaridagi kuchlanishning nominal darajasi ыzgarmas tokda 3 kV va ыzgaruvchan tokda 25 kV qilib belgilangan. SHu maqsadda zanjirli osmadan foydalaniladi. Zanjirli osmada kontakt simlari tayanchlar orasidagi oraliqda oddiy (tramvay) kontakt osmasidagidek erkin osilmagan, balki ko‘taruvchi trosga mahkamlangan, yaqin joylashgan strunalarga osilgan. SHu sababli oddiy osmalarga nisbatan kam tayanch kerak bo‘ladi, ular orasidagi masofa 70-75 m ga etadi. Haroratning mavsumiy o‘zgarishlarida osilib qolishni kamaytirish uchun, kontakt simlarining (ba’zan ko‘taruvchi trosning) ikkala oxiri ham anker tayanchlariga tortiladi va blok, hamda izolyatorlar tizimi orqali unga yuk kompensatorlari osiladi. Kontakt sim osmasining rels kallagi sathidan balandligi peregon va stansiyalarda 5750 mm dan kam va 6800 mm dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Gorizontal tekislikda kontakt simlari qayd qilgich orqali yo‘lga nisbatan ilon izli qilib mahkamlangan bo‘lib, har bir tayanchda ± 300 mm og‘ish mavjud. SHu sababli kontakt simlari shamolga qarshi etarlicha chidamli va tok qabul qilgichlarning kontakt plastinkalarini ishqalab o‘yib tashlamaydi. 85, 100 va 150 kv.mm kesimli qattiq tortilgan elektrolitik misdan tayyorlangan shaklli (MSH) kontakt simlari keng tarqalgan. Ular har 6-7 yil va undan ko‘proq vaqtda yangisiga almashtiriladi. Kontakt simlarining emirilishini tok qabul qilgich yuzasini quruq grafitli moylash, ko‘mirli sirg‘algichlar qo‘llash, hamda emirilishga chidamli va mis-kadmiyli va miss-magniyli kontakt simlaridan foydalanish kamaytiradi. Peregon va bekatlarda chetki yo‘l o‘qidan kontakt tarmog‘i tayanchining ichki chetigacha bo‘lgan masofa 3100 mm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Mavjud elektrlashtirilgan liniyalarda, hamda o‘ta qiyin sharoitlarda yangi elektrlashtirilgan liniyalarda yo‘l o‘qidan tayanch ichki chetigacha bo‘lgan masofa stansiyalarda 2450 mm dan va peregonlarda 2750 mm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Xizmatchi xodim va boshqa shaxslarning xavfsizligi va kontakt tarmog‘ini qisqa tutashuv tokidan himoyalash ishonchliligini oshirish uzilgan simlar bilan tutashishi yoki izolyasiyasining buzilishi natijasida kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni erga ulash bilan ta’minlanadi. Kontakt tarmog‘iga kamida 5 m yaqinlikda joylashgan barcha metall tayanch va konstruksiyalar ham erga ulanadi. O‘zgaruvchan tok kontakt tarmog‘ining ta’sir zonasida yo‘naltirilgan xavfli kuchlanish hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha metall inshootlar ham erga ulanadi. Tortuvchi nimstansiyalar, kontakt tarmoqlari, ustaxonalar, ta’mirlash-taftish sexi, omborxona xo‘jaligi va boshqalar energiya ta’minoti uchastkasi (elektr ta’minot distansiyasi) qaramog‘ida bo‘lib, ular o‘zgarmas tokda 150-250 km, yoki o‘zgaruvchan tokda 200-300 km liniyalarga xizmat ko‘rsatadi. Tortuvchi nimstansiyalar qo‘lda boshqariladigan va telemexanik boshqaruvli bo‘ladi. Birinchi holatda nimstansiyaning ishchi xodimlari qurilmalar ishini boshqarish va nazorat qilishni amalga oshiradilar. Elektr ta’minot asosiy ob’ektlarini energiya dispetcheri postidan masofali boshqarishda telemexanikaning qo‘llanishi mehnat unumdorligining oshishiga va shtatlar qisqarishiga olib keldi. Nimstansiyalarni operativ jamoa bilan boshqarish va uydan turib navbatchilik qilish usuli keng tarqaldi.Energouchastka tarkibiga uzunligi 30-50 km bo‘lgan bir necha shunday nohiyalar kiradi. Nohiya navbatchi punktlarida xodimlar uchun bino, ustaxonalar, avtomotrisa (avtodrezina) garajlari, omborxonalar joylashgan. Download 199.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling