1-маърўза: Кириш
Deformatsion prujinali bosim o‟lchash asboblari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6829 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naychasimon prujinali asboblar
11.3.Deformatsion prujinali bosim o‟lchash asboblari
Prujina, manometr, vakuummetr, tyagometr, naporomer, differensial manometr va barometr asboblarning bosimini siyraklanishini va bosim o‟zgarishini o‟lchash uchun keng qo‟llaniladi. Prujina asboblarning ishlash prinsipi turli elastik unsurlarning deformatsiyasi miqdorini o‟lchashga asoslangan. Sezgir unso‟rning deformatsiyasi ta„sirida uzatish mexanizmlari yordamida asbob shkalasi burchakli yoki chiziqli o‟zgaradi. Asbobda qo‟llanilgan sezgir unsurning turiga ko‟ra naychasimon, membranali va silfonli manometrlar mavjud. Prujina asboblar namunali va ishlovchi, ya„ni turli ishlab chiqarish jarayonlaridagi bosim va siyraklanishni o‟lchash uchun ishlatiladi. Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir unsur sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar tajriba va ishlab chiqarish amaliyotida keng tarkalgan. Ayniqsa bir uramli naychasimon prujina asbob – manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko‟p qo‟llaniladi. Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o‟lchanayotgan bosimni bir uramli yoki ko‟p uramli naychasimon prujinaning elastik deformatsiya kuchi bilan muvozanatlashga asoslangan. Aylana yoyi bo‟yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon bir uramli prujina naycha ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o‟zgarishi natijasida o‟zining bukilishini o‟zgartiradi (11.5-rasm). Prujina burilishidagi burchak o‟zgarishi Δj ni quyidagi formuladan aniqlanadi: Δj= J b b b (11.29) bunda b – prujina ellipsining kichik yarim uqi. M. 76 Naycha uchining siljish yo‟nalishini ko‟rsatuvchi τ burchak quyidagicha ta„riflanadi: J J J arctg sin cos 1 (11.30) Naycha ichidagi ortiqcha bosim oshirilganda elliptik yoki yassi oval kesim doiraviy kesimga yaqinlashadi, ya„ni ellips yoki ovalning kichik o‟qi kattalashib, katta o‟qi kichiklashadi va naycha teskari yo‟nalishda buriladi. Naychada siyraklanish hosil bo‟lganda u buriladi. Naycha tavsiflari va erkin uchining siljish kattaligi bir qator omillarga bog‟liq, ulardan eng muhimlari: naycha o‟qlarining nisbati, devorlarining qalinligi, materialning elastiklik moduli va naycha yoyining egilish radiusidir. 11.6-rasmda bir o‟ramli prujinali umumiy ishlab chiqarish manometrlarining kinematik chizmasi keltirilgan. Bosim o‟zgarishi natijasida prujina 3 uchining siljishi tortqi 5 orqali o‟q 6 aylanayotgan sektor 1 ga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribka 2 ning aylanishiga olib keladi. Tribkaning o‟qiga ko‟rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan. Yuqori bosimli (98 mN/m 2 dan oshiq) manometrlarda doiraviy kesimli po‟lat naychalar ishlatiladi. Naychaning bo‟sh uchida siljish uncha katta bo‟lmagan sababli, ko‟pincha, ko‟p o‟ramli naychasimon prujinalar ishlatiladi. Ko‟p o‟ramli (gelikoidal) naychasimon prujinali manometrlarning ishlovchi organi olti – tuqqiz o‟ramli yassi naychadan hosil qilingan silindrik spiral shakliga ega. 11.7-rasm. Gelikoidal naychasimon prujinali manometrlar o‟ziyozar va ko‟rsatishlarni masofaga uzatuvchi bo‟ladi. Bu manometrlarning tuzilishi 11.7- rasmda ko‟rsatilgan. Shtutser 2 ga ga ko‟rsatilgan (o‟lchanayotgan) bosim kapillyar naycha 1 orqali gelikoidal prujina 5 ga ta„sir qiladi. Prujinaning bir uchi asbob korpusiga biriktirilgan burchakli lineykaga, ikkinchisi esa o‟q 6 bilan ulangan. Bosim ko‟tarilishi bilan prujinaning erkin uchi suriladi va o‟q 6 ni aylantiradi. O‟qning aylanishi richag 7 va tortqi 10 orqali richag 4 ga uzatiladi hamda strelka 3 ni siljitadi. Shunday qilib, bosimning o‟zgarishi uchiga pero 7 biriktirilgan strelka 3 ni proporsional burchakka buradi. Pero ko‟rsatishlarni diagrammali qog‟oz 12 ga yozadi. Qog‟oz soat mexanizmi va elektr yuritgich orqali strelka 3 ni u yoki bu tomonga surish mumkin. Naychasimon prujinali manometrlar ko‟rsatishlarni hisoblash, yozish, signalizatsiya qilish va ko‟rsatishlarni masofaga uzatish mo‟ljallangan. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling