O’pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi.
So’ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan haltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi.
Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o’pkaga o’tadi, shu vodorod miqdori o’pkadagi qoldiq havo miqdorini ko’rsatadi.
Masalan: xaltada 4000 ml. vodorod bo’lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o’zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o’pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o’zgaradi. Agar xaltada 3000 ml. vodorod va o’pkadan kirgan 1000 ml. havo bo’lsa, u vaqtda 1000 ml. vodorodga 330 ml. o’pka havosi to’g’ri keladi. Bunday vaqtda o’pkaga o’tgan 1000 ml. vodorodga 330 ml. havo to’g’ri keladi. Shunday qilib, o’pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000 + 330 = 1330 ml. bo’ladi.
Savollarga javob bering:
a/ O’pkaning tiriklik sig’imi nima va uning o’rtacha hajmi erkaklar hamda ayollarda nechaga teng?
b/ Nafas olish, qo’shimcha va rezerv havo deb qanday havoga aytiladi va ularning miqdorini qanday aniqlash mumkin?
v/ Qoldiq havo deb nimaga aytiladi?
2 – t o p sh i r i q
O’PKA VENTILYATSIYASINI ANIQLASh
Ishning maqsadi:
O’pka ventilyatsiyasini aniqlash usuli bilan tanishish va uning organizm holatiga bog’liq ekanligini tushuntirishdan iborat.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Gaz soati, rezina xalta, nafas olinadigan va nafas chiqariladigan klapanli maska, uch yo’lli kran, qisqich, qo’l soati, spirt, paxta.
Bir minutda o’pkaga kirib-chiqadigan havo miqdori o’pka ventilyatsiyasi deyiladi. O’pka ventilyatsiyasini aniqlashda uning minutlik hajmini topish eng qulay usul hisoblanadi. O’pka ventilyatsiyasini aniqlash uchun har bir nafas olishda o’pkaga kirgan havo miqdorini bir minutdagi nafas olish miqdoriga ko’paytiriladi.
Odamda o’pka ventilyatsiyasi tinch holatda 5-8 l. ga teng bo’ladi. U bajariladigan ishga qarab o’zgarib turadi. Masalan, og’ir ish bajarganda o’pka ventilyatsiyasi yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |