IShNI OLIB BORISh
O’pkaning minutlik ventilyatsiyasini aniqlash uchun maska ichini spirt bilan artib, tekshiriluvchi kishiga kiygiziladi va u uch yo’lli kran orqali rezina xaltaga ulanadi (tajriba oldidan rezina xalta ichidagi havo chiqarilgan bo’lishi kerak).
Uch yo’lli kranning teshigi xaltaga ochiladi va odam 5 minut davomida xalta ichiga havo chiqarib turadi, so’ngra kranning teshigi tashqariga ochiladi.
Bu vaqtda xaltaga havo kirmay qo’yadi. Keyin xaltani maskadan ajratib, uning ichidagi havo miqdori gaz soati yordamida aniqlanadi.
Shunday qilib, 5 minutda o’pkadan chiqqan havo miqdori topiladi.
Bir minutlik o’pka ventilyatsiyasini aniqlash uchun, topilgan havo miqdori 5 ga bo’linadi.
Masalan: 5 minutda 40 l. havo chiqarilgan bo’lsa (40 : 5), u holda bir minutda o’pkadan chiqqan havo miqdori 8 l. ga teng bo’ladi.
Savollarga javob bering:
a/ O’pka ventilyatsiyasining minutlik hajmi deb nimaga aytiladi?
b/ Tinch holatda va jismoniy ish jarayonida o’pkadan o’rtacha qancha havo aylanib chiqadi?
11-Mashg’ulot
Og’izda ovqat hazmi. Oshqozon va ichaklarda ovqat hazmi
1 – t o p sh i r i q
BAQA QIZILO’NGAChIDAGI HARAKAT ETUVChI EPITELIYASINI KUZATISh
Ishning maqsadi:
Baqaning qizilo’ngachidagi ritmik tartibda qisqaruvchi epiteliyasini kuzatib, ovqat hazm qilish trakti motor faoliyatining avtomatik ko’rinishi ekanligiga ishonch hosil qilishdan iborat.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Preparoval asboblar yig’indisi, preparoval taxta, to’g’nog’ich, ko’mir kukuni, sovuqqonlilar uchun fiziologik eritma, pipetka, baqa.
IShNI OLIB BORISh
Baqaning bosh miyasini olib tashlab, uni harakatsizlantiring. Uni taxtachaga qorinchasi bilan yuqoriga qaratib yotqizing va ninachilar bilan sanchib mustahkamlab qo’ying. Og’iz bo’shlig’i tomonidan qizilo’ngachga qarab qirqing, qirqishni to baqa me’dasiga qadar davom ettiring, qirqilgan qizilo’ngachni esa ikki chakkasidan ninalar yordami bilan ikki tomonga tortib preparoval taxtaga qadab qo’ying.
Qizilo’ngachning shilimshiq pardasi yuzasini fiziologik eritma bilan ho’llab, uning oldingi tomoniga ko’mir kukunidan seping (og’iz bo’shlig’igacha).
Qizilo’ngachdan ko’mir kukunining harakat qilib o’tish tezligini aniqlang.
Savolga javob bering: Harakat etuvchi epiteliy qanday rolь o’ynaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |