1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNI OLIB BORISh
3 – t o p sh i r i q :
ME’DANING EVAKUATOR VAZIFASI. SERDYUKOV TAJRIBASI. Ishning maqsadi: Me’dadan ichakka ovqat ximusining o’tish tezligiga o’n ikki barmoqli ichakning reaksiya muhiti ahamiyatini kuzatish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Basov fistulasi qo’yilgan it, it boylanadigan stanok, rezina naychasi, voronka, gradurovka etilgan silindr, shisha naychali probka, qisqich, 200 ml. qizdirilgan suv (Z80 S), 200 ml. 0,2 % li sulьfat kislotasi eritmasi, 200 ml. 0,2 % li soda eritmasi. IShNI OLIB BORISh Itni (och holatda) stanokka qo’ying. Me’dasini isitilgan suv bilan yuving. Fistulaga shisha naychali probkani o’rnating va rezina naychasi yordami bilan voronkaga ulang. Voronka orqali me’daga 200 ml. 380S ga qadar qizdirilgan suvni quying (trubkani qisqich bilan qisib qo’ying). 10 minutdan so’ng voronkani tushirib, suvni me’dadan qaytadan tushirishga imkon bering va tushayotgan suvni o’lchovchi silindrga yig’ing. 200 ml. me’daga yuborilgan suvdan qanchasi 10 minut davomida o’n ikki barmoqli ichakka o’tganini aniqlang (ya’ni 200 mldan 10 minutdan keyin qaytadan me’dadan olingan suvning miqdorini olib tashlash yo’li bilan aniqlanadi). 10 minutdan so’ng tajribani yana qaytaring, bunda suv o’rniga 200 ml. 0,2 % li xlorid kislotasi bilan biroz aralashtirilgan eritma olinadi va uning ham qancha miqdori o’n ikki barmoqli ichakka o’tganligi aniqlanadi /10 minut davomida/. Itga biroz dam bergandan so’ng, xuddi shunday tajriba 200 ml. li ishqorli eritma (sodali suv) bilan qaytariladi va qancha suyuqlik me’dadan o’n ikki barmoqli ichakka 10 minut davomida o’tganligi aniqlanadi. Tekshirilgan tajribalarniig natijalaridan turli eritma suyuq- liklarining qanday tezlik bilan me’dadan o’n ikki barmoqli ichakka o’tishi tahlil etiladi. Savollarga javob bering. a/ Serdyukov tajribasi nimani tasdiqlaydi? b/ Me’dadan o’n ikki barmoqli ichakka kichkina porsiya bilan o’tadigan ovqat moddalarining ahamiyati nimada? Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling