1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNI OLIB BORISh
15-Mashg’ulot
Turli ko’zg’alishni nerv-muskul preparatiga ta’sir t o p sh i r i q NERV MUSKUL PREPARATGA HAR XIL TA’SIRLOVChILARNING TA’SIRI Ishning maqsadi: Muskullarga turli xil taьsirlovchilarni vositali va vositasiz yo’l bilan ta’sirlashning natijalarini kuzatish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Induksion apparat, vilkada elektrodlar, simlar, kimograf, universal shtativ /qayd qiladigan qismlar bilan/ preparoval asboblar yig’indisi, shisha tayoqcha, ipakli ip, spirtovka, osh tuzi kristali, spirt, 1 % sulьfat kislotasi, sovuqqonlilar uchun fiziologik eritma, paxta, baqa. IShNI OLIB BORISh a) muskullarni mexanik ta’sirlovchilar bilan bevosita yoki vositali yo’l bilan ta’sirlash. - Nerv uchini ip bilan bog’lash. - Nina bilan nerv va muskulga sanchish. - Nerv uchini pinset bilan qisish. - Qaychi bilan nerv uchini qirqing. b) muskullarni kimyoviy ta’sirlovchilar bilan vositasiz va vositali yo’l bilan ta’sirlash. - Nervga osh tuzining kristalini qo’ying. - Nervga kislota, spirt tomchisini tekkizing. Effektni kuzatgandan so’ng kimyoviy ta’sirlovchini fiziologik eritma bilan yuvib tashlang. - Olib borilgan ishlarning hammasini mustaqil qaytarish. v) Nerv muskulga termik taьsir etish. - Spirt va uning alangasiga nina /oz qizdiring/ qizdirib nervga tekkizing. - Shu tajribani muskulda qaytaring. g) Nerv va muskulni elektr toki bilan ta’sirlash. - Nerv muskul preparatini induksiya tok bilan ta’mirlash uchun elekr zanjirni yig’ing /2-tur sxemasi bo’yicha/. - Nerv muskul preparatini tayyorlab, kameraga joylashtiring, nervni esa miografga vertikal holda birlashtirib qo’ying. - Ta’sir etuvchi elekr qismini va preparatning funksional holatini tekshiring. - Muskulni vositasiz va vositali etib qisqarishini yuzaga keltiradigan eng kichik tokning miqdorni aniqlang. - Birinchi va ikkinchi g’altakni bir-biriga yaqinlashtirib, induksion tokning elektr kalitini ochgandagi ta’mirini birinchi paydo bo’lishiga ishonch hosil qiling. - Induksion tokni muskulga bevosita yoki vositali ta’sirlaganda pog’ona kuchini solishtiring. - Kuzatilgan ma’lumotlarni protokol shaklida rasmiylashtiring va xulosa chiqaring. Savollarga javob bering. a/ To’qimalarning qo’zg’aluvchanligi qanday o’lchanadi? b/ Nerv va muskullarning qo’zg’aluvchanligi har xilmi? v/ Pog’ona, submaksimal va maksimal ta’sirlovchi deb nimaga aytiladi? g/ Adekvat ta’sirlovchi deb nimaga aytiladi? d/ Nerv va muskul uchun qaysi ta’sirlovchi adekvat ta’sirlovchi deb ataladi? Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling