1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet30/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

16 - Mashg’ulot
Bioelektrik xodisalar Galvani-Matteuchi tajribasi
t o p sh i r i q
BIOELEKTRIK XODISALAR
Ishning maqsadi:
Qo’zg’aluvchan to’qimalar biopotensiallarini registratsiya qilishning biologik metodlari bilan tanishish va ularda biologik toklarning borligiga ishonch hosil qilish.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Elektrostimulyator, vilkasimon elektrodlar, shtativ, Galьvani pinseti, soat oynasi, preparoval asboblar yig’indisi, sovuqqonli hayvonlar uchun fiziologik eritma, doka, paxta, baqa.
IShNI OLIB BORISh
a) Galvanining birinchi tajribasi.
- Baqani orqa oyog’idan nerv muskul preparatini tayyorlang, bu preparat umurtqa pog’onasining kichik bo’lakchasi bilan ulangan bo’lsin.
- Oyoqlardan terini shilib tashlang va preparatni umurtqa pog’onasi qismidan shtativga mustahkamlang.
- Galvani pinsetining bir uchini bel-dumg’aza tuguniga tegizing, ikkinchi uchini esa son muskuliga tegizing. Pinset har bir muskulga tekkanda oyoq muskullari qisqaradi.
b) Galvanining ikkinchi tajribasi (metallsiz qisqarish).
- Nerv muskul preparatini tayyorlang, uning terisini shilib tushiring va toza preparoval doskaga qo’ying, kuymich nervni muskuldan ajrating va preparatni boldir suyagi tomonidan kimografning qisqichi bilan mustahkamlab qo’ying.
- Muskulning kichikroq bir sathini jarohatlang / qaychi bilan qirqing/.
- Ingichka shishali igna bilan kuymich nervni ko’tarib, muskulni jarohatlagan joyingizga va jarohatlanmagan yeriga tashlang.
- Kuymich nervini shu ikki yerga tekizganimizda muskulning qisqarishini kuzatamiz.
v) Matteuchi tajribasi /skelet muskulining harakat potensialini nerv bilan ta’sirlash/.
- Ikkita nerv muskul preparatini tayyorlang.
- Bir preparat nervini ikkinchi preparat muskuliga qo’ying.
- Birinchi preparat nervini elektrodning vilkasiga qo’yib, elektr tokining optimal chastota va o’rta kuchi bilan ta’sirlang.
- Ikala nerv muskul preporati muskullarning qisqarishini kuzating.
g) Ishlab turgan yurakka nervni tashlash.
- Baqa yuragini olib, soat oynasiga quying.
- Qisqarayotgan yurakka nerv-muskul preparatining kuymich nervini yurak uchi bo’ylab joylashtiring.
- Yurak har bir qisqarganda muskul holatini kuzating.
- Preparat muskulining qisqarishi yurak qisqarishidan ilgari sodir bo’lishiga alohida e’tibor bering, chunki nerv qo’zg’alishining o’tkazuvchanligi yurakning o’tkazuvchi sistemasidan yuqori.
- Tajriba sxemasini daftarga ko’chiring, kuzatgan hodisani tahlil eting va savollarga javob qaytaring:
a/ Membrana potensiali deb nimaga aytiladi?
b/ Harakat potensiali deb nimaga aytiladi?
v/ Matteuchi tajribasi nimani tasdiqlaydi?



Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling