1-Mashg’ulot: Rostgo'y bola. (Ertak)


Download 166.5 Kb.
bet10/12
Sana29.03.2023
Hajmi166.5 Kb.
#1307050
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1 sinf o\'qish to\'garagi NAMUNA

I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. Navbatchi axboroti.davomatni aniqlash.
b) Kirish suhbati: “Biz chaqqonmiz” she’ri. Maqsadimiz:
Maqsadimiz yagonadir
O‘qimoq, o‘rganmoqdir
Kelajakda vatanga
A’lo xizmat qilmoqdir
d) Tezkor savollar:
1.Vatanimiz qanday nom bilan ataladi?
2.O‘zbekistonning poytaxti qayer?
3.Biz yashaydigan shaharning nomini ayting.
4.Hozir o‘ikamizda qaysi fasl?
5.Bahor fasli necha oydan iborat?Sanab bering.
6.Bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz?
7.Hozir mashg’ulotimiz nima? O‘qish kitobi: Menman o‘qish kitobi……. she’ri
O‘quvchi: O‘qisang ham tez a’lo….. she’rini aytadi
e) O‘quvchilardan TDTS talablarini so‘rash. (tarmoq usulida)
1.Tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishimiz.
2.Gap ohangiga rioya qilib ifodali va ravon o‘qishimiz.
3.Gapdagi tinish belgilariga ahamiyat berishimiz.
4. 10-15 ta she’rni yoddan bilishimiz
5.Ertak,topishmoq,maqol,tez aytish va qo‘shiqlarni bir-biridan farqlay olishimiz
6.Matn mazmunini qayta hikoya qila olishimiz kerak.
O‘qituvchi:hozir biz qaysi bo‘limni o‘rganyapmiz?
O‘quvchilar: Ertaklarda go‘zallik mardlik
Va haqiqat hamisha g‘olib
ne yomonlik borki olamda
bo‘laverar birma-bir mag‘lub
Ertaklardan uqar avlodlar
Kurashmoqni, g‘ururni orni
Demak bundan xulosa shuki
Ertasi bor ertagi borning
II.O‘tgan mashg’ulotni so‘rash: “Qushcha ” she’ri.
Maqollar aytish.
1-qator:Mehnat qilib topganing
Qand-u,asal totganing.
2-qator:Mehnatdan kelsa boylik
Turmush bo‘lar chiroylik
3-qator: Mehnat qilsang yasharsan,
Katta-katta osharsan.
III.Dam olish daqiqasi.
O‘qituvchi: Bolajonlar ko‘rdingizmi dehqon faqat insonlarga yaxshilik keltirish uchun mehnat qildi.U dangasalikni,ayyorlikni bilmadi.Shuning uchun shohning hurmatiga sazovor bo‘ldi.
Keling hozir mana shunga o‘xshagan unutilmas bir yaxshilik va o‘xshamagan ayyorlikni aks ettiruvchi uch qahramonni ko‘rsatib beraylik. (Quyoncha,tulki,fil) Sahna ko‘rinish.

Download 166.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling