Ushbu turkumlashda uslublar quyidagilarga bo’linadi:
1) tasvirli tushuntirish yoki axborot uslubi;
2) reproduktiv (yodda saklash, eslash) uslubi;
3) muammoli ifodalash uslubi;
4) qisman izlanish uslubi;
5) izlanish uslubi.
Tasvirli tushuntirish uslubiga tayyor bilimlar va faoliyat uslublarini eslash (yodda saklash) kiradi.
Muammoli ifodalash uslubi esa matematik va aniq bilimlarni yodda saklashni uz ichiga oladi.
Qisman izlanish uslubida fikrlash va yodda saklash elementlari kushilib keladi.
Izlanish uslubi esa ijodiy faoliyatni taxmin etadi.
Ushbu uslublar bilimlarni uzlashtirish, bilim va ko’nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi, tarbiyachilarda ijodiy faoliyat tajribasini egallashga imkon yaratadi, ularda emotsional (uis, tuygu) madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
2. Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta’lim muammolari
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta’lim katta ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim - bu didaktik tizim bo’lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli harakterdagi savollarni yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta’limning asosini tashhil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat- bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir.
Muammoli jarayon - o’zining yecqilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab hilinsa, o’shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e’tiborli savollarning yecqilishiga to’lik yo’naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larning fikrlashi moyil qilinadi (to’g’rilanadi). Muammoni yechishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi. Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og’zaki masala yechish uslublari chuqur va mustaxkam o’zlashtirilgandagina, muammoli ta’lim foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |