1. Matrisaviy o’yin. O’yining quyi va yuqori baholari


Mavsumiy mollarni sotish masalasi


Download 1.79 Mb.
bet4/9
Sana05.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1429232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
shpargalka

4. Mavsumiy mollarni sotish masalasi. Mavsumiy mahsulotlar sotishni yo’lga qo’yish uchun muvaqqat savdo nuqtalari tarmoqi tashkil etilmokda. Shu tarmoqning parametrlarini (savdo nuqtalari sonini, ularning o’rnatilish joylarini, har bir savdo nuqtasidagi mahsulot zahirasini va xizmat ko’rsatish xodimlari sonini hamda boshqalarni) shunday tanlab olish talab qilinadiki, bunda tarmoqni tuzishdan keladigan iktisodiy samara maksimal bo’lsin.
Bu keltirilgan misollar jarayonlarni tadqiq qilish masalalarining belgilovchi xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.


2. Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy bosqichlari.


Jarayonlarni tadqiq qilish muayyan sxema bo’yicha olib boriladi va bir qator bosqichlardan o’tilishini taqozo qiladi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. masalani qo’yish (jumlalashtirish);

  2. matematik modelni tuzish;

  3. qarorni izlash va uni qabul qilish;

  4. modelni tekshirib ko’rish va qarorni baholash;

  5. qarorni tadbiq qilish.

1-bosqichda bosh rolni operasiyani o’tkazish va qaror qabul qilish uchun mutasaddi shaxs yoki shaxslar guruhi o’ynaydi. Bunda operasiyaning maqsadi va unga erishishning mumkin bo’lgan yo’llari, ya’ni biz “strategiyalar to’plami” deb ataydigan narsa aniqlanib olinishi, jumlalashtirilishi kerak. Operasiya maqsadini noto’g’ri tanlash keyingi har qanday tahlil-tadqiqotlarni befoyda qilib qo’yishi va hamda zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar operasiya bir necha maqsadni ko’zlasa, unda ulardan asosiylarini ajratib olish va ularning har biriga bittadan samaradorlik mezonini mos qo’ymoq kerak.
2-bosqich, ya’ni matematik modelni tuzish – operasiyani tekshiruvchining faoliyat sohasidir. Model tuzish uchun qaralayotgan operasiyani xarakterlovchi bog’lanishlarni yozishda ishlatiladigan parametrlar to’plamini aniqlab olish kerak. Maqsadning matematik ekvivalenti bo’lgan samaradorlik mezoni ham yoziladi. Operasiya maqsadiga erishganlik darajasi shu mezon bilan ifodalanadi.
3-bosqich - tuzilgan model asosida operasiyani tahlil qilish va optimal strategiyalarni izlashdan iborat. Bu bosqichda turli matematik usullar ishlatiladiki, ular ikki guruhga bo’linishi mumkin: analitik va sonli. Sonli usullarni qo’llash optimal yechimni izlashni amalga oshiradigan va so’ngra uni o’zining chiqarish qurilmalarida akslantiradigan EHMda programmalashtirishtirishga mo’ljallangan algoritmlarni ishlab chiqish yoki ishlab chiqarilganlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
4-bosqich operasiyani tekshirish modelining adekvatligini (mos kelishini) tekshirishni va olingan natijani baholashni nazarda tutadi. Yechimni baholashni shu qaror (yechim) qabul qilinmaganda olinishi mumkin bo’lgan natijani qaror qabul qilinganda olingan natija bilan taqqoslash yo’li bilan bajarish mumkin. Bunda sistema parametrlarining har xil o’zgarishlari operasiya natijasiga ta’siri darajasini olingan yechimdan foydalanishda hisobga olish juda muhimdir.
5-bosqichda topilgan yechim shu yechimni (qarorni) qabul qilish uchun mas’ul bo’lgan qishilarga tushunarli qilib jumlalashtirilib berilishi kerak. Bunda tuzilgan modelni takomillashtirish va olingan yechimni yanada yaxshilash uchun qo’shimcha ishlarni amalga oshirish zarur bo’lib qolishi mumkin.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling