1-mavzu. 1-mashg’ulot. Avtomobil yo‘llarini qurishda yo‘l qurilish materiallarining o‘rni va ahamiyati


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana15.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1484866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu.1-mashg’ulot. Avtomobil yo‘llarini qurishda yo‘l qurilish materiallarining o‘rni va ahamiyati.

Chidamlilik -konstruksiyaning chegaraviy holatgacha ishlash qobiliyatini saqlab qolish 
xususiyatidir. Chegaraviy holat konstruksiyaning buzilishi ya’ni, ishlatilishga yaroqsiz bo‘lib 
qolishi orqali tavsiflanadi. Qurilish konstruksiyalarining chidamliligi aniq ob-havo sharoitida va 
ishlatilish davrida sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotmasdan xizmat qilish muddati bilan belgilanadi. 
Buyum va konstruksiyalar uchun ularning xizmat qilish muddati qurilish me’yorlarida belgilab 
qo‘yiladi. Masalan, temirbeton konstruksiyalar uchun uch darajali chidamlilik ko‘rsatkichi 
belgilangan: I-xizmat qilish muddati 100 yildan ortiq; II-50...100 yil va III-50 yilgacha. 
Ishonchlilik-konstruksiyalarni ishlatish mobaynida ularda namoyon bo‘ladigan barcha 
xossalarini tavsiflovchi umumiy xususiyatidir. Ishonchlilik chidamlilikni rad qilinmaslik
ta’mirlanuvchanlik va saqlanuvchanliklarni ta’minlashdan tashkil topadi. Ushbu xossalar bir-biri 
bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. 
Nаzоrаt sаvоllаri:
1.Yo`l qurilish mаtеriаllаrining bоshqа fаnlаr bilаn bog``liqligi 
2.Yo`l qurilish mаtеriаllаri ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirish bоrаsidа аsоsiy vаzifаlаr.
3.Avtomobil yo‘llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini qanday baxolaysiz


4.O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining zamonaviy xolati xaqida nimani 
bilasiz
2-mashg’ulot.Avtomobil yo‘llarining qurilish materiallari tarkibi, tuzilishi va asosiy 
xossalari 
Reja: 
1. Avtomobil yo‘llari qurilish materiallarining xossalari. 
2. Avtomobil yo‘llari qurilish materiallarining tarkibi va tuzilishi. 
3. Avtomobil yo‘llari qurilish materiallarining fizik mexanik xossalari.
4.Avtomobil yo‘llari qurilish materiallarining kimyoviy xossalar 
Tаyanch ibоrаlаr - fizik, kimyoviy, mехаniq хоssаlаr; mustахkаmlik: suvgа, sоvuqqа shidаmlilik, 
issiqlik o`tkаzuvchаnlik. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling