1-mavzu. 1-mashg’ulot. Avtomobil yo‘llarini qurishda yo‘l qurilish materiallarining o‘rni va ahamiyati
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.1-mashg’ulot. Avtomobil yo‘llarini qurishda yo‘l qurilish materiallarining o‘rni va ahamiyati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik yutuvchanlik.
- Zarbga qarshilik
- Nаzоrаt sаvоllаri.
Suv shimuvchanlik. G‘ovak materialning suv shimish va suvni o‘zidagi bo‘shliqlarida
ushlab turish xususiyati suv shimuvchanlik deyiladi. Suv shimuvchanlik ikki xil buladi: Vazn bo‘yicha: W m m m m 1 1 100% * Xajm bo‘yicha: W m m V m 1 100% * Suv shimuvchanlik materialni asta sekin suvga cho‘ktirish, qaynatish va bosim ostida shimdirish usullari bilan aniqlanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti xaroratlar farqi (t 1 -t 2 ) 1°S ga teng bo‘lgan holda, qalinligi 1 m ga teng bo‘lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasiga o‘tgan issiqlik mikdoriga teng Qa S t t ( ) 1 2 kkal/m*soat*grad Issiqlik yutuvchanlik. Q=C*m(t 1 -t 2 ) ; kJ S- issiklik, yutuvchanlik koeffitsienti Q- issiqlik miqdori M- namunaning massasi t 1 -t 2 tempyeraturaning farqi Zarbga qarshilik. Materialning zarbga qarshilik ko‘rsatuvchanligi, standart namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki xajm birligiga sarflangan solishtirma ish bilan ifodalanadi. Qattiqlik. Materiallarga o‘zidan qattiq, jism botirilgandagi qarshilik ko‘rsatuvchanlik xususiyati uning qattiqligi deyiladi. Moos qattiqlik shkalasi. Minerallar Kimyoviy tarkibi Moos qattiqlik ko‘rsatkichi Talk ZMgO*4SiO 2 *N 2 O 1 Gips SaSO 4 *2 N 2 O 2 Kalsiy SaSO 3 3 Yeruvchan shpat SaF 2 4 Apatit Sa 5 (R0 4 ) 3 *FS1 5 Ortoklaz K 2 O*A1 2 O 3 *6SiO 2 6 Kvars SiO 2 7 Topaz A1 2 [SiO 4 ] (F 1 ON) 2 8 Korund A1 2 0 3 9 Olmos S 10 Ishqalanishga qarshilik. Materialni ishqalash doirasida ming marta aylantirganda namunaning 1sm 2 yuzasidan yo‘qotgan og‘irligiga ishqalanish deiyladi. Plastiklik. Material kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirsa va kuch olinganda avvalgi shakliga juda oz muddatda qaytsa bunga plastiklik deyiladi. (qo‘rg‘oshin, pulat, loy) Mo‘rtlik. Materialning kuch ta’sirida sezilarli deformatsiyalanmagan xolda buzilib ketishi uning mo‘rtligi deyiladi. (shisha, chuyan, beton) Yo‘l-qurilish materiallariga qo‘yilgan texnik standartlarda har bir materialning xossasi, ahamiyati, texnologiyasi va sharoiti hisobga olingan holda bayon etilgan. Standartlar davlat hujjati bo‘lib, ishlab chiqaruvchi, iste’molchi va nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun qonun kuchiga ega. Uning asosiy vazifasi: • mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini standartga keltirish, tayyorlanadigan mahsulotning sifati, chidamligi va mustahkamligiga salbiy ta’sir etuvchi xom ashyo, materiallar va qayta tayyorlangan mahsulotlarni kompleks standartga keltirish; • sanoatda keng miqyosda qo‘llaniladigan qurilma va afegatlarni bir me’yorga keltirish hisobiga, ishlab chiqarish jarayonlarini ixtisoslashtirish, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga imkon yaratib byerish; • texnika va o‘lchov vositalari darajasini oshirish hamda ular ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; • standart ishlarini muvofiqlashtirish, texnik-me’yoriy, konstruktiv loyiha va texnologik hujjatlarni umumiy tartibga keltirish. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘gkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Respublikaning amaldagi qonunchiligiga binoan standartlashtirish bo‘yicha quyidagi toifalardagi me’yoriy hujjatlar qo‘llaniladi: 1.Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar. 2. O‘zbekiston Respublikasi standartlari-standartlashtirishda me’yoriy texnik xujjat bo‘lib, u standartlashtirish ob’ektiga xos bo‘lgan kompleks me’yor, talab, qoidalarni belgilab beradi va tegishli organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar material tipidagi narsalarga, shuningdek, me’yorlar, talablar va qoidalarga ishlab chiqiladi. 3. Texnik shartlar. Standartlashtirishdagi me’yoriy-texnik hujjat bo‘lib, ma’lum buyum, material va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va nazorat qilish uchun umumiy shartli talablarni belgilab beradi. 4. Tarmoq standarti (TST) dan shu tarmoqsagi barcha korxona va tashkilotlar foydalanadilar, shuningdek, materialni tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi va qo‘llovchi boshqa korxona va tashkilotlar ham undan foydalanadilar. 5. Korxona standarti (KST) — shu standartni tasdiqlagan korxonagagina mansub bo‘ladi. 6. Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 7. Ma’muriy-xududiy standartlar. Xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Standartda ko‘riladigan talabnomaga asosan, standartning quyidagi turlari mavjud: • texnik shart-sharoitlari; • parametrlar; • markalari; • o‘lcham va konstruksiyasi; • qabul qilish qoidalari; • tekshirish usullari; • foydadanish vata’mirlash qoidapari; • texnologik jarayonlar; • hujjatlarning me’yorlari; • markalash, joylashtirish, saqlash va tashish qoidalari. Nаzоrаt sаvоllаri. 1.Mаtеriаllаrning sinfgа bo`linishi. 2.Mаtеriаllаrning fizik vа хimik хоssаlаri. 3.Izоlyasiya mаtеriаllаri to'grisida ma'lumot bering. 4. Moos qattiqlik shkalasi to'grisida ma'lumot bering. 5. Respublikaning amaldagi qonunchiligiga binoan standartlashtirish bo‘yicha ma'lumot bering. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling