sifatlarni tarbiyalash, pedagogik fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, turli davrlarda bola tarbiyasini tashkil etishga oid bilimlarning shakllanishini tadqiq qiladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim
yoshi bolalarini tarbiyalash, ularga boshlang’ich bilimlarni berish masalalarining tadqiqi bilan shug’ullanadi.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni o’qitish va tarbiyalash jarayonini o’rganadi.
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya – bo’lajak o’qituvchilar, tinglovchilarda pedagogik jarayonni metodik jihatdan to’g’ri,
samarali tashkil etish, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarini oqilona yo’lga qo’yish, bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatni
tashkil etishga tayyorlash, ta’lim va tarbiya jarayonlarini texnologik yondashuv
asosida takomillashtirish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish masalalarini o’rganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika – imkoniyati cheklangan kar-soqov (surdopedagogika), ko’r (tiflopedagogika), aqliy jihatdan rivojlanishda ortda qolgan (oligofrenopedagogika) bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: