1-mavzu: 2soat
Download 440 Kb.
|
kreativ fikrlash 1-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’l i m mene j me n ti
- Pedagogik innovatika
- Hamko r lik pedagogikasi
Xususiy metodika (xususiy fanlarni o’qitish) – turli o’quv fanlari (m: fizika, matematika, biologiya. kimyo. tarix, huquq, jismoniy tarbiya va h.o.lar)ni o’qitishning o’ziga xos jihatlarini tadqiq qiladi.
Kasbiy pedagogika – turli (ijtimoiy, texnik, madaniy-maishiy, ishlab chiqarish) yo’nalishlarida tegishli soha (mas., qishloq xo’jaligini rivojlantirish, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish va boshqalar) bo’yicha kasbiy faoliyatni samarali yo’lga qo’yish yo’llarini o’rganadi. Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va oqilona boshqarish masalalarini tadqiq qiladi. Qiyosiy pedagogika – ta’limning jahon, mintaqa, davlat miqyosidagi rivojlanishining umumiy va alohida tendentsiyalari, qonunlari va qonuniyatlarini o’zaro solishtirish, qiyoslash asosida o’rganadi, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlarini, milliy pedagogik madaniyatlar almashinuvining shakl va usullarini aniqlaydi. Pedagogik innovatika – ta’lim sub’ektlari nuqtai nazardan pedagogik innovatsiyalarning mohiyati, paydo bo’lish, rivojlanish qonuniyatlarini hamda pedagogik an’analar bilan kelajak ta’limining loyihalashtirilishi o’rtasidagi aloqalarni o’rganadigan fan. Harbiy pedagogika – harbiy ta’limning o’ziga xos jihatlarini, uni tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalari, ilg’or texnologiyalarini, harbiy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish yo’llarini ochib beradi. Hamkorlik pedagogikasi – turli fanlar yoki mutaxassislik asoslarining ta’lim beruvchi hamda oluvchilar o’rtasidagi o’zaro muloqot asosida samarali o’rganish mazmuni, tamoyillari, shakllari, metodlari va vositalarini ko’rsatib beradi. Neyropedagogika – inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy hulq-atvorni psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, shuningdek, yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi. Download 440 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling