1-mavzu. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 152.07 Kb.
|
MAVZU 1
1.1. Banklar - kredit tizimining muhim boʻgʻini
Ma’lumki, milliy mustaqillikka erishilgandan soʻng mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimni yaratish boʻyicha ustivor vazifalar, ma’’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiѐtiga oʻtishning tamoyillari, bosqichlari va mezxanizmlari ishlab chiqildi va ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 2020 yilda Global Oʻzbekistonda iqtisodiy isloxatlarning ustuvor maqsadlari sifatida quyidagilar belgilangan: 1. Bozor iqtisodiѐtini bosqichma-bosqich joriy etish; 2. Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan iqtisodiѐtni yuzaga keltirish, mulkka boʻlgan munosabatni oʻzgartirish; 3. Korxona va fuqarolarga keng iqtisodiy imkoniyatlar berish, maomuriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish, iqtisodiy vositalardan keng foydalanish; 4. Iqtisodiѐtda resurslardan samarali foydalanish, raqobat-bardosh mahsulot ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilishni ta’minlovchi chuqur tuzilmaviy isloxatlarni amalga oshirish; 5. Kishilar ongida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunѐqarashini oʻzgartirish, har bir kishiga mehnat qilish sohasi va shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini berish. Mazkur yunalishlardagi amaliy chora-tadbirlarni oʻtkazish natijasida mamlakat moliya tizimining tubdan islox qilinishiga, milliy pul birligini muomalaga kiritilishiga, moliya bozori va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga olib keldi. Mamlakatimizda mustaqil bank tizimining shakllanishi, koʻp sonli aktsiyadorlik-tijorat, xususiy, qoʻshma hamda chet el kapitali ishtirokidagi banklarning paydo boʻlishi istiqlolimiz ne’matidir. Ma’lumki, xoʻjalik mexanizmlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun barqaror ishlovchi banklarning milliy tizimini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Banklar - moliya-kredit tizimining muhim tarkibiy qismi boʻlib, ular ѐrdamida investitsion jaraѐnlar va tovar (ish,xizmat)lar oldi-sotdisi amalga oshiriladi, boylik jamgʻariladi va pul mablagʻlarining harakati amalga oshiriladi. Barqaror ishlovchi bank tizimi ishlab chiqarishni rivojlantirishda va yalpi milliy maxsulotni koʻpayishida vositachi boʻgʻin sifatida ishtirok etadi. Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling