1-mavzu. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 152.07 Kb.
|
MAVZU 1
1.5. Bank tizimini takomillashtirishda davlatning roli Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining munosib raqobat
koʻrsata olishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston xukumati banklarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Banklar mustaqillikning dastlabki yillarida, aniqrogʻi 1993 yilda 5 yil muddatga daromad, mol-mulk, yer soligʻi kabi toʻlovlardan ozod qilindi, va keyinchalik, bu muddat 7 yilga uzaytirildi. Bu mablagʻlar banklarning zamonaviy ofisini yaratishga elektron toʻlovlar tizimi, avtomatlashtirish tizimini shakllantirishga va boshqalarga yoʻnaltirildi. Tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlashda davlat oʻz siѐsatini izchillik bilan olib bormoqda. Yangi tashkil etilgan xususiy banklar ikki yil muddatga daromad soligʻidan ozod etiladi. Xalk banki esa, aholining turli tabaqalariga shu jumladan, kam ta’minlangan qatlamlariga xizmat qilishini hisobga olib 1998 yildan boshlab yana 2005 yilgacha barcha soliq va toʻlovlardan ozod qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 15 yanvardagi "Bank tizimini yanada islox qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori bank tizimini barqarorligini oshirish, bank resurslarini faollashtirish, samarali joylashtirish, iqtisodiѐtni kreditlashda banklarning rolini oshirishga qaratilgan boʻlib, asosiy maqsad bank xizmatlari bozorida raqobat muxitini yaratish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini erkinlashtirish va islox qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Farmoniga muvofiq va Oʻzbekistonda bank tizimini rivojlantrishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2000 yil 24 mart kuni tijorat banklari va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qaror qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi «2020—2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida‖ Farmonida bank sektorini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: - moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati koʻrsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos boʻlmagan funktsiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish; - kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining moʻ’tadil oʻsishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siѐsat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega boʻlgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash; - davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aktsiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega boʻlgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning oʻzida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish; - yetarli darajada xizmat koʻrsatilmaѐtgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat koʻrsatish nuqtalari tarmogʻini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining oʻzaro toʻldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish. Mazkur yoʻnalishdagi islohotlarni amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishilishi koʻrsatib oʻtilgan: - bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish; - banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish; - 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obroʻga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish; - umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish. Nazorat uchun savollar 1. Kredit tizimi va uning tarkibini izoxlang. 2. Banklarni rivojlanish tarixi toʻgʻrisida nima bilasiz? 3. Tijorat banki degandan nima tushuniladi? 4. Dastlabki tijorat banklarining tashkil topishi. 5. Oʻzbekistonda tijorat banklarini tarkib topishi toʻgʻrisida nima bilasiz? 6. Banklarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari 7. Tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlash tushunchasi 8. Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsataѐtgan banklarni ta’riflang. 9. Bank sektorini isloh etishning asosiy yoʻnalishlari. 10. Bank tizimini takomillashtirishda davlatning roli. Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling