1-mavzu. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 152.07 Kb.
bet5/6
Sana04.11.2023
Hajmi152.07 Kb.
#1745480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 1

1.4.Oʻzbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlanishi Mamlakatimizda bank tizimini islox qilish mustaqillik yillarida
amalga oshirildi. Sobiq Ittifoq davrida asosan Davlat banki, Qurilish banki, Tashqi savdo banki faoliyat koʻrsatgan boʻlib, faqat 80-yillarning oxirida ushbu tizimda dastlabki oʻzgarishlar qilishga harakat qilindi.
Oʻzbekistonda tijorat banklari rivojlanishining 3 bosqichi prof. SH.Abdullaevaning ―Bank ishi‖ darsligida batafsil ѐritilgan. Bunga koʻra Uzbekistonda Mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi bosqichi, milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pogʻonali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish boʻyicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan Uzbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi» Qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga oʻtish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishini xuquqiy asoslarini belgilab berdi. Dastlabki tadbir - bu 1991 yil 15 fevraldagi Qonun bilan sobiq Ittifoq davlat bankining Toshkent kontorasini Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirilishi boʻldi.
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomalaga kiritilgan va ikki pogʻonali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni oʻz ichiga oladi. 1994 yilda Milliy valyuta soʻmning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining sof bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu
asosda iqtisodiy oʻsish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi toʻlov tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar Maxkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi 1994 yil 18 martdagi qarori muhim ahamiyatga ega boʻlib, unda banklarning axborot infratuzulmasini tuzish va xalqaro bank amaliѐtining ilgʻor usullarini respublika bank amaliѐtiga qoʻllash orqali bank tizimini takomillashtira borishi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar belgilab berildi. 1994 yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni banklarga tadbiq qilish jaraѐni boshlandi.
1996 yilda Respublika Prezidentining «Bank auditi tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jaraѐni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan «Artur Andersen», «Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji-(KRMO)», «Ernest end Yang», «Kupers end Laybrand» kabilar yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini rivojlantirishning yana bir xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustaxkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisidagi» va «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi.
1995 yil 21 dekabrda bank faoliyatining xuquqiy va me’ѐriy tartibga solish qoidalarini belgilovchi «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida» va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.
Bank tizimini shakllantirshtsning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni oʻz ichiga olib, u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aktsiyadorlik -tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabridagi "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi (11.11.2019 y. yangi tahrirda) va 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi (5.11.2019 y. yangi tahrirdagi ) Qonunlari bank faoliyatining xuquqiy jihatlarini jahon andozalariga yaqinlashtirgan muhim xujjatlar boʻldi. Ushbu qonunlar Markaziy bankka oʻz vakolatlari doirasida qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilish, davlatning pul-kredit siѐsatini ishlab chiqish va uni ruѐbga chiqarish, oltin-valyuta zaxiralarini saqlash hamda foydalanishga doir xuquqlarning berilishi bilan bir qatorda, bank tizimining ikkinchi boʻgʻini – tijorat banklari faoliyatining barcha tashkiliy-xuquqiy jihatlarini aniq belgilab berildi. Mamlakatimizda Markaziy bank bilan bir qatorda davlat mulki
ishtirokida tashkil etilgan bir qancha boshqa banklar ham bor. Ularga misol qilib Xalq banki, «Mikrokreditbank», «Asakabank», «Milliybank» va boshqa banklarni koʻrsatish mumkin.
Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan soʻng toʻlaqonli isloxatlarni amalga oshirish uchun xukumat tomonidan borilgan samarali iqtisodiy siѐsat natijasida 1994 yil 1 iyuldan milliy valyuta – oʻzbek «soʻm»i muomalaga kiritildi. SHu bilan barcha rivojlangan mamlakatlar kabi Markaziy bank mustaqil monetar siѐsatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi bilan shugʻullanuvchi muhim moliyaviy institutga aylandi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyuldagi «Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq, tijorat banklari 4 yilga soliqlarning besh turini toʻlashdan ozod etildi. Dunѐ bank amaliѐtida kamdan-kam uchraydigan bu tadbir davlatimiz rahbari to-monidan bank tizimiga bildirilgan ulkan ishonch boʻlib, u bank tizimining moddiy-texnikaviy bazasini jahon andozalari darajasiga yetkazish va respublikamizda Hamdoʻstlik mamlakatlari ichida ilk bor yagona elektron
toʻlov tizimini yaratish imkonini berdi.
Bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiѐtda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiѐjlariga mos ravishda rivojlantirishga toʻsqinlik qilaѐtgan qator tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 mayda qabul qilingan ―2020—2025 yillarga moʻljallangan OʻzbekistonRespublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida‖gi Farmoni ushbu masalarni yechishga qaratilgan muhim qadam boʻldi.Soʻnggi yillarda qoʻlga kiritilgan yutuqlarimizdan yana biri shuki, biz milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha konvertatsiyalashuviga erishdik. Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiѐt banki, Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama agentlikka a’zo boʻlib kirdi.
Mazkur Farmonga koʻra, davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari hissasi hozirgi 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshiriladi. Ya’ni, xususiy moliya muassasalari koʻpayadi. 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga xorijiy investorlar jalb qilinadi. Ipoteka-bank‖, ―Oʻzsanoatqurilishbank‖, ―Asaka‖ banki, ―Aloqabank‖, ―Qishloq qurilish bank‖ va ―Turonbank‖ dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi koʻzda tutilmoqda.
Oʻtgan yillar ichida iqtisodiѐtning bazaviy tarmoqlarini shakllantirishga qaratilgan qathiy valyuta siѐsati amalga oshirildi, respublikamizda barqaror iqtisodiy oʻsishga, valyuta mablagʻlarining doimiy tushumi manbalari va yetarli darajada valyuta zahiralarini
shakllantirish orqali milliy valyutamizning xarid quvvatini chetdan olinadigan qarz mablagʻlarisiz saqlab turishga zamin yaratildi. Pirovardida, 2003 yilning 15 oktyabridan ehtiboran Xalqaro valyuta fondi Nizomining VIII moddasi talablari qabul qilindi.
Oʻzbekiston Prezidenti SHavkat Mirziѐevning 2 sentyabrdagi «Valyuta siѐsatini erkinlashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni bilan 2017 yil 5 sentyabrdan mamlakatda yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar (import tovarlar, ishlar va xizmatlar, daromadlarni repatriatsiya qilish, kreditlarni qoplash, xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash va boshqa savdo xususiyatiga ega boʻlmagan pul oʻtkazmalari) boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni cheklovlarsiz xarid qilishlari huquqi berildi. Oʻzbekiston jismoniy shaxslari esa koʻrsatilgan muddatdan boshlab valyuta almashtirish punktlarida xorijiy valyutani erkin sotishlari hamda tijorat banklari konversion boʻlimlarida xorijiy valyutani xalqaro toʻlov kartalariga sotib olib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.
Mustaqillik yillarida respublika Hukumati va Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan qat’iy pul-kredit siѐsati makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratildi. Xususan, inflyatsiya darajasi 2002 yilda 21,6% boʻlgan boʻlsa, 2016 yilda bu koʻrsatkich 5,6%ni, 2020 yilda esa 11%ni tashkil etdi.
Inflyatsiyaning keskin pasayishi tijorat banklari foiz stavkalarining pasayishiga va shunga mos ravishda iqtisodiѐtning real tarmoqlariga ajratiladigan kredit hajmining jiddiy ortishiga zamin yaratadi.
2021 yil 1 may holatiga Oʻzbekiston bank tizimida 32ta tijorat banki faoliyat olib bormoqda. SHulardan 13ta bank davlat ulushi mavjud banklar boʻlsa, 16ta bank xususiy banklar ѐki chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. 2019 yil iyulь oyidan boshlab Qozogʻiston «Halyk bank»ning shoʻ’ba banki sifatida «Tenge bank»oʻz faoliyatini boshladi. «Payme» toʻlov xizmati aktsiyalari boshqaruv paketini sotib olgan Gruziyaning «TBC» banki joriy yil aprelь oyidan bank faoliyatini amalga oshirishni boshladi.
Oʻzbekistonda tijorat banklarining uch guruhi mavjud:
- davlat ulushi mavjud yirik banklar – Oʻzmilliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Asakabank, Ipotekabank, Agrobank, Xalq banki, Qishloq qurilish bank, Aloqa bank, Turon bank, Mikrokreditbank.
- raqobatchi banklar - Hamkorbank, Kapitalbank, Ipak yoʻli bank, Orient Fianas bank, Investfinans bank, Trast bank, Aziya alyans bank
- markazlashgan banklar - OʻzKDB bank, Savdogar bank, Davr bank, turkiston bank, Universal bank, Ziraat bank, Tenge bank, Ravnaq bank, Hi-Tec bank, Eron Soderat bank, Poytaxt bank, Madad invest bank, Oʻzagroekasport bank, TBS bank.
Oʻzbekistonda bozor infratuzilmasini barpo etilishi jaraѐnida asosiy e’tibor raqobat muhitiga qaratilishi munosabati bilan mulkchilik shakli, ixtisoslashuvi, sarmoya hajmi turlicha boʻlgan va bir-biridan mustaqil tijorat banklari tizimi shakllandi hamda bosqichma-bosqich rivojlantirildi. Uning asosini Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, "Oʻzsanoatqurilishbank", "Agroabank", "Qishloq qurilishbank", ―Ipoteka banki‖, «Savdogarbank», «Aloqabank», «Turonbank», «Aviabank», «Trastbank», ―Hamkorbank‖, Asakabank‖ va boshqalar tashkil qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 24 aprelda "Xususiy tijorat banklarini tashkil etishni ragbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni eolon qilinishi ushbu sohaga xususiy mulkning kirishiga xuquqiy asosni yaratdi. SHu tufayli 1998 yilda "Alp Jamolbank", "Xif-bank", "Turkistonbank","Istiqlolbank", "Oʻktambank", "Parvinabank", "Olimbank", "Hamkorbank" kabi xususiy banklar tashkil etildi va faoliyat koʻrsatmokda. Hozirgi kunda Oʻzbekistonning tijorat banklari tizimi turli mulkchilik shaklidagi 32 ta (2021 y. 1 may holatiga) bankdan iborat boʻlib, ularning soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda.
Banklararo raqobatni shakllantirish, xorijiy sarmoyalarni Oʻzbekistonga kirib kelishida qoʻshma va xorijiy banklarning ahamiyati ortib bormoqda. Bugungi kunda Gollandiya bilan hamkorlikda "OʻzAMROBANK", Germaniya bilan ―Savdogarbank‖, Turkiya bilan "UT-BANK" Janubiy Koreya bilan "OʻzKDBANK" va boshqalar tuzilgan. SHuningdek, Oʻzbekiston bank tizimida jahonning yirik ―J.P. Morgan Chase Bank‖(AQSH), ―Commerzbank AG‖ (Germaniya), ―Korea Eximbank‖ (Koreya Respublikasi), ―Landensbank Baden-Wurttemberg‖ (Germaniya) va boshqa banklarning vakolatxonlari bilan birgalikdagi faoliyati salmoqli boʻlmoqda.


Download 152.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling