1-mavzu. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 152.07 Kb.
bet3/6
Sana04.11.2023
Hajmi152.07 Kb.
#1745480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 1

1.2. Kredit tizimi, uning tarkibiy qismlari
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yigʻindisiga aytiladi. Kredit tizimi orkali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha boʻsh mablagʻlari toʻplanadi hamda korxonalar , tashkilotlar, aholi va boshqa iqtisodiѐt sub’ektlariga foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir necha alohida-alohida kichik tizimlardan iborat boʻladi. Jahon tajribasidan ma’lumki, kredit tizimi oʻzining tashkil qilinishi va tarkibiga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
- Markaziy bank;
- Tijorat banklar;
- Bank boʻlmagan kredit muassaslari; - Maxsus-kredit institutlar
Bozor iqtisodiѐti munosabatlari qaror topaѐtgan mamlakatlarda bank tizimi 2 pogʻonali (darajali) tarkibda tashkil etiladi. Agar bank tizimining ushbu tarkibidagi Markaziy bank yuqori birinchi darajani tashkil etsa, ikkinchi pogʻonada tijorat banklari oʻz aksini topadi. Markaziy bank oʻzining vazifalari, maqomi, faoliyati va iqtisodiy-huquqiy maqomiga koʻra boshqa kredit muassasalarida farq qiladi. Mamlakat iqtisodiѐtida korxonalar, aholi va davlatga bank xizmatlarini amalga oshirish tijorat banklari zimmasiga toʻgʻri keladi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa muassasalariga nisbatan koʻproq boʻsh ssuda pul resurslarini jalb qiladi va koʻp miqdorda mijozlarga kreditlar beradi.
Tijorat banklaridan tashqari bank muassasalari sifatida quyidagilarni ham alohida ajratib koʻrsatish mumkin:
- investitsiya banklari;
- jamgʻarmalarni jalb qiluvchi banklar; - ipoteka banklari;
- savdo banklari;
- tashki iktisodiy alokalar buyicha banklar va b.
Kredit tizimida bank boʻlmagan kredit muassasalari ham oʻziga xos oʻringa ega boʻlib hisoblanadi. Ularga investitsiya kompaniyalari, sugʻurta kompaniyalari nafaka va boshqa jamgʻarmalar kiradi.
Maxsus ixtisoslashgan kredit institutlari tijorat banklari faoliyatini toʻldiradi va ular iqtisodiѐtning ayrim soha va tarmoqlarini hamda aholini vaqtinchalik pulga boʻlgan extiѐjtini ta’minlashda xizmatlar koʻrsatadi. Ularga misol sifatida oʻzaro ѐrdam jamgʻarmalari, kredit uyushmalari, kredit ittifoqlari, lomabradlar kabi muassasalarni koʻrsatish mumkin.


Download 152.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling