1-mavzu. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 152.07 Kb.
bet4/6
Sana04.11.2023
Hajmi152.07 Kb.
#1745480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 1

1.3. Tijorat banklarining tarixiy shakllanishi
Bank deb pul mablagʻlarini yiguvchi, saqlab beruvchi, kredit hisob va boshka xar xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. Banklar paydo boʻlishining asosi boʻlib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar–pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining paydo boʻlishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy – iqtisodiy tizimlarda banklarning ham boʻlishini taqozo qiladi.
Nazariy-huquqiy va ilmiy-oʻquv manbalarda tijorat banki deb yuritilishining asosiy sababi bu – bank mijozlarga turli yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatishi bilan bir qatorda foyda koʻrish maqsadida faoliyat koʻrsatishidir.
Banklar oʻrta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chikkan. Keyinchalik puldorlar oʻz boʻsh turgan mablagʻlaridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablagʻ zarur bulgan sub’ektlarga ssudalar berishgan. Bu holat asta-sekin pul almashtiruvchi pul egalarining bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank soʻzi italьyancha «banca» soʻzidan olingan boʻlib «stol» degan maьnoni anglatadi. Oʻrta asrlarda italiyalik puldorlar hamѐnlaridagi, idishlardagi tangalarni stol ustiga qoʻyib hisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va ishga ma’suliyatsizlik qilsa, u oʻtirgan stol sindirib tashlangan hamda uni «Banco rotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Ya’ni bizga ma’lum bulgan «bankrot» soʻzi xam italyancha «banca» soʻzidan olingan. Hozirgi kunda ham ayrim manbalarda tijorat banklarini eski nomi bilan ―jirobank‖ deb yuritilishi uchratish mumkin. Bu ikki shaxs oʻrtasidagi oʻzaro pul aylanmasini ifoda etgan.
Banklar paydo bulishi boshlangich nuqtasi bulib XVI asrda Florentsiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblangan. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan uz mijozlari-savdogarlarga xizmat qilgann, ular oʻrtasida naqd pulsiz hisob kitoblarni olib borgan. Bu banklar uz mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli zarar koʻrishdan himoya qilgan. Ular hisoblarni ma’lum summadagi qimmat baho metallarni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan, oʻzlarining boʻsh pul mablagʻlarini jirobanklar davlatga qarzga, chet el savdogarlariga ssuda bergan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblangan. Angliya banklari oltin (oltinni saqlab berish) bilan shugʻullanuvchilar (masalan, biz bu soxada Londonda bink ishini ilk bor rivojlantirgan CHaylьd nomli puldorni aytishimiz mumkin) va savdogarlardan kelib chiqqan.
Tarixda birinchi bor hukumat banki sifatida Angliya banki hisoblanib, u 1664 yilda aktsioner bank sifatida tashkil boʻlgan. Bu bank aktsioner-emission bulib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil kilinib borgan. Banklarning kelib chikishi va rivojlanishi ishlab chikarish bilan boglik xarajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan boglik bulgan. Natural xoʻjalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yoʻl ochdi. Ishlab chikarishni rivojlantirish ѐllanma mehnatni koʻrolq jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun ish haqining pul shaklida toʻlanishi esa doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi hamda mamlakat miqѐsida pul aylanishini bank tomonidan boshqarishga zarurat tugʻildi. SHunday qilib, banklar pul mablagʻlarini yigʻish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli ularoq bankirlar tadbirkor sifatida oʻz ish faoliyatini olib borgan.
Agar sanoat sohasidagi puldor oʻz kapitalini sanoatga, savdogar savdoga yoʻnaltirsa, bankir oʻz kapitalini bank ishiga qoʻyadi. Ssuda
kapitali egasi asosan oʻz boʻsh pul kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan tashqaridan jalb qilingan mablagʻlarga tayanadi. Ssudaga mablagʻ beruvchi puldorning daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi-bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona , tashkilot , davlat muassasalari, aholi boʻsh pullarini jalb qilish orali katta xajmdagi kapitalni uz qoʻllarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshkarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.
Tijorat banklari deganda bozor sharoitida oʻz mablagʻlari va tavakkalchiligi asosida bank xizmatlarini koʻrsatib foyda olish maqsadida tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatadigan maxsus moliya-kredit tashkilotlari tushuniladi. Tijorat banklari real iqtisodiѐtni rivojlantirishda va takror ishlab chiqarish jaraѐnining uzluksizligini ta’minlashda muhim vazifalarni hal etadigan kredit tashkiloti hisoblanadi. Ularni tashkil etilishi va faoliyati amaldagi qonunchilik asosida Markaziy bank tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng va tegishli litsenziya olingandan soʻnggina amalga oshiriladi.


Download 152.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling