1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
Sultonobod — Samarqand viloyatidagi qishloq nomi. Qishloqning Sultonobod deb atalishiga sabab, ba’zi bir keksa otaxonlarimizning so’zlariga qaraganda bu yerda Sulton degan kishi o’tgan. Usha vaqtlarda bu yerlar cho’li-biyobon bo’lib yotgan. Sulton bu yerga ko’pgina kishilarni to’plab, suv chiqargan hamda serhovuzlar qazishgan, imoratlar qurishgan. Shu tariqa qishloqni obodonlashtirishgan. Ana shuning uchun bu qishloq shu kishining nomi bilan Sultonobod bo’lib qolgan.
Ba’zi bir kishilarning aytishicha, Sultonobod Buxoro amirining sayohatga o’tadigan yo’lida bo’lgan. Buxoro amiri ovga ketayotganda shu yerga tushgan. Bu yerda Sulton degan kishining saroyi bo’lgan. Shunda amir boboni chaqirib, unga «bu erni rabod qiling» deb aytgan. Rabod so’zi tojikcha so’z bo’lib, obod degan ma’noni bildiradi. Shundan so’ng, shu kishining nomi bilan Sulton rabod bo’lib ketgan. Ko’p vaqtlar o’tishi bilan qishloq tobora obodonlashtirilgandan so’ng Sultonobod deb atala boshlangan. Qorakissa — Samarqand viloyatidagi qishloqlardan biri. Qishloqning o’tmishiga to’xtaladigan bo’lsak, uning tarixi mashhur. Qo’rg’on qishlog’i tarixi bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham avvalo Qo’rg’on qishlog’i tarixi ustida to’xtalamiz. Qadim davrlarda yashagan qabilalar bu yerda Qurg’on barpo qilishib, yov bosib kelganda unda jon saqlashgan. Bora-bora Qo’rg’onga kishilar ko’plab o’rnasha boshlaganlar. Shunday qilib, Qo’rg’on qishlog’i bunyodga kelgan. Bu qishloq Nurotadan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Uning aholi yashaydigan yirik manzil bo’lganligini quyidagi taxminlar bilan tasdiqlash mumkin. Birinchidan, hozirgi Qo’rg’on qishlog’idan ikki kilometr g’arbroqda kichik Rabod degan qishloq bo’lgan. Ma’lumki, o’rta asrlarda shaharning tashqarisi rabod deb aytilgan. Balki Qo’rg’onning chetki qismi hozirgi Rabod hududigacha yetgan bo’lishi mumkin. Qorakissa qishlog’ining bunyodga kelishi shunday bo’lganki, taxminan XVI asrning oxiri — XVII asrning boshlariga kelib Qo’rg’on qishlog’i atrofidagi aholi tarqalib keta boshlagan. Bunga qurg’oqchilik sabab bo’lgan bo’lsa kerak. Shulardan bir guruhi janubroqqa Oqtog’ tomonga siljigan. Chunki suv tog’dan kelgan. Suv kamaygach, aholi suvning boshlanishi tomonga siljigan. Bu toifadagi kishilar oq bo’z ko’ylakka qilinadigan cho’ntak og’zini qora mato bilan aylantirib, tikib chiqishgan. Ana shu sabab bo’lib Qorakissa qishlog’i qora kistaliklar (qora cho’ntakliklar) nomi bilan atala boshlagan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling