1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja
Download 307.42 Kb.
|
Merged document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ziddiyat deb qarama-qarshi tomonlar o`rtasidagi munosabatga aytiladi.
- Tafovut deb narsalarning nisbiy o`zgaruvchanligiga aytiladi.
Qarama-qarshilik deb bir butun yaxlit narsa, hodisada ayni bir vaqtda o`zaro birga bo`lishini talab qiladigan va ayni vaqtda bir-birini inkor qiladigan tomonlarga aytiladi. Elektrning musbat va manfiy zaryadlari, tirik hayotning assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayoni, jamiyatda ozodlik va qaramlik, hurlik va qullik, erkinlik va zaruriyat va h.k. Qarama-qarshiliklar uzviy birlikda mavjud bo`ladi. Buni mijoziy ma’noda ''kurash'' deb yuritadilar. Qarama-qarshiliklar birligi va uyg’unligi narsa rivojida, borliq taraqqiyotida muhim, hal qiluvchi rolni o`ynaydi.
Ziddiyat nima? Ziddiyat deb qarama-qarshi tomonlar o`rtasidagi munosabatga aytiladi. Bu munosabatlar o`z xarakteriga ko`ra turli daraja va mazmunga ega. Qarama-qarshiliklar teng bo`lganda bu munosabat tomonlarning birligini va hatto bir xilligini bildiradi. Bu holda ziddiyat bo`lmaydi. Vaqt o`tishi bilan tomonlar ayniyligi, birligida tafovut va farqlar kelib chiqadi. Shuning uchun tafovut va ayniyat ham qarama-qarshiliklar o`rtasidagi turli darajadagi munosabat turlaridir. Tafovut nima? Tafovut deb narsalarning nisbiy o`zgaruvchanligiga aytiladi. Tafovut narsalarning o`z-o`ziga ayni emasligi, o`z-o`zidan va o`zga buyumlardan farq qilishini ifodalaydi. Tafovut ayniyatning bag’rida paydo bo`ladi. Ayniyat tafovutlidir, tafovut ayniyatlidir. Ziddiyat haqidagi ta’limotlarga ko`ra u bir qancha shakllarda uchraydi: antogonistik va noantogonistik ziddiyat; asosiy va asosiy bo`lmagan ziddiyat; muhim va muhim bo`lmagan ziddiyat; ustivor, bosh ziddiyat; ichki va tashqi ziddiyatlar. Ularning kelib chiqish sabablarini bilish, ularni bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqish muhim metodologik ahamiyatga ega. Chunonchi, O`zbekistonda o`tgan asrning 80-yillari oxirida millatlararo munosabatlarda keskin vaziyat va qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan edi. Milliy mustaqillikning qo`lga kiritilishi va oqilona siyosat olib borilishi natijasida millatlararo munosabatlardagi keskinlikning oldi olindi, respublikada yashovchi barcha-millat va elatlarning qonuniy huquqlari va manfaatlari O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z aksini topdi, milliy tistiqlol mafkurasida millatlararo hamjihatlik asosiy g’oya sifatida o`rin egalladi. Bu g’oyalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Zero, I.A.Karimov yozganidek, «millatlararo munosabatlar sohasida muayyan, noantogonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning qaror topish davri uchun real hodisadir» (o`sha asar, 75-b.). Hozirgi paytda O`zbekistonda milliy munosabatlarga katta e’tibor berayotir. Respublikamizda hozir 1 milliondan ortiq qozoqlar, 300 ming koreys, 700 mingdan ortiq tojik va boshqa yuzlab millatlar istiqomat qiladi. Ularning xilma-xil ehtiyojlarini to`la qondirishga harakat qilinmoqda. Milliy tilda maktablar ochildi, kitoblar chop etildi, tele-radio ko`rsatuvlar va eshittirishlar, milliy madaniyat markazlari tashkil topdi, davlatni boshqarish ishlariga keng jalb etilmoqda. Ijtimoiy hayotda ziddiyatlar bo`lmaydi deb aytish qiyin. Ular qaerda namoyon bo`lmoqda? Sotsial ziddiyatlar sotsial guruhlar, sinflar, millatlar, davlatlar ijtimoiy-siyosiy kuchlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanish sohasida namoyon bo`ladi. Chunonchi, «o`tish davrida eskicha va yangicha fikrlash o`rtasidagi, o`tmish va hozirgi zamonning qadriyatlar tizimi o`rtasidagi ziddiyatlar yanada keskinlashadi» (o`sha asar, 215-b.). Bu o`tmish va hozirgi zamon, ya’ni vaqt oralig’idagi qarama-qarshiliklardir.Ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini ilmiy tahlil etish ularni hal etishning muhim kalitidir. Antogonistik ziddiyatlar sinfiy, etnik, milliy, irqiy, diniy va boshqa sohalarda ham namoyon bo`lishi mumkin. Bunday ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar o`rtasida, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o`rtasida ham paydo bo`lishi mumkin. Download 307.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling