1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja
Download 307.42 Kb.
|
Merged document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabab va oqibat.
Ayrimlik va umumiylik. Ayrimlik deb alohida narsa, hodisalarga xos bo`lgan nodir belgi, tomon, xususiyatlarni aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi. Masalan, Farg’ona davlat universiteti - tushunchasida ayrimlik va umumiylik mavjud. Farg’onadagi oliygoh ekanligi uning ayrimligi, universitet ekanligi umumiyligi. Daraxt - umumiylik, olma daraxti - ayrimlik. Umumiylik deb bir guruh, doiraga kiradigan narsa va hodisalarga xos bo`lgan takrorlanadigan muhim tomonlar va belgilarga aytiladi.Umumiylik bilan ayrimlik o`rtasida xususiylik mavjud. Xususiylik buyumlarning O`ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Masalan, yong’oq daraxti - ayrimlik, mevali daraxt - xususiylik, daraxt - umumiylik. Yoki bug’doy - ayrimlik, don - xususiylik, o`simlik - umumiylik.
Sabab va oqibat. Falsafiy tamoyillar ichida determinizm tamoyili muhim qonuniyatni ifodalashi haqida yuqorida qayd etildi. (determinizm lotincha-belgilamoq). Determinizm - sababiyat qonuniy xarakterga ega ekanligi, barcha hodisalarning umumiy, qonuniyatli aloqadorligi, sababiy o`zaro bog’langanligi haqidagi ta’limot. Indeterminizm sababiy bog’lanishlarning qonuniy xarakterga ega ekanligini inkor qiladigan nuqtai nazar. Izchil determinizm sababiyatning ob’ektiv ekanligini tan oladi.Sababiyat tushunchasi sabab va oqibat bog’lanishini ifodalaydi. Hozirgi zamon fanlari borliqning mohiyatini o`rganib, hodisalarning sababiy bog’langanligini asoslamoqda. Olamning paydo bo`lishi, hodisalarning rivojlanishi va bir shakldan ikkinchi shaklga O`tishining ob’ektiv sabablari borligini isbotlamoqda. Sababsiz hodisa bo`lmaydi, har bir o`zgarishning o`z sababi bor. Sabab nima? Sabab deb biror natijani yuzaga keltiradigan hodisaga aytiladi. Sabab ta’sirida oqibat kelib chiqadi. Oqibat sabab ta’sirida yuzaga kelgan natijadir. Bir hodisa ikkinchisini yuzaga chiqaradi, tug’diradi. Masalan: o`zbek xalqining uzoq davrlardan buyon Vatan ozodligi uchun olib borgan goh oshkora, goh yashirin kurashlari sababli mustaqillik qo`lga kiritildi - oqibat. Hukumatning to`g’ri siyosati-sabab, oqibat sifatida fuqarolarning bahamjihatligi ta’minlanmoqda. Sababni bahonadan farq qilish kerak. Bahona natijani keltirib chiqaruvchi sabab emas. Bahona sababning yuzaga chiqishi, namoyon bo`lishida ishtirok etuvchi tasodifiy hodisa. Masalan, Shekspirning «Otello» fojeasidagi Dezdemona o`ldirilishining sababi boshqa, bahonasi boshqa. Bahona ro`molcha voqeasi. Sabab - amal, martaba uchun olib borilgan kurashdir. Sabab va oqibat uzviy bog’langan. Sabab oqibatni keltirib chiqaradi, oqibat sababsiz sodir bo`lmaydi. Sabab va oqibat bog’lanishining muhim metodologik ahamiyati bor. Meditsinada kasallik sababini aniqlash, kasalni davolashga, sog’ayish /oqibat/ga olib keladi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi - sabab, hayot farovonligiga erishish - oqibat, oiladagi urush-janjal - sabab, ro`zg’ordan baraka ketishi - oqibat. Download 307.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling