1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Me’yor nima? Me’yor - sifat va miqdor birligidir


Download 307.42 Kb.
bet20/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
Merged document

Me’yor nima? Me’yor - sifat va miqdor birligidir. Me’yor shunday bir chegaraki, uning ichida miqdor o`zgaraveradi, sifat esa ma’lum vaqtgacha o`zgarmaydi. Har bir narsaning o`z me’yori bor. Masalan: suvning me’yori 100 daraja, oltinniki 1063 daraja, misniki 1083 daraja va h.k. Me’yor buzilsa, sifat o`zgaradi. SHuning uchun tabiat, jamiyat, shaxsiy hayotda hech narsa me’yoridan oshmasligi kerak, aks holda emirilish yuz beradi. Gapning ham me’yori bor, ovqat tuzi me’yoridan oshsa, uni isteomol qilish mumkin bo`lmay qoladi, kulgu me’yori buzilsa, yig’iga aylanadi, tejash me’yoridan oshsa, xasislik kelib chiqadi. Ulug’ faylasuf shoir Mirzo Bedilning quyidagi so`zlarini yodlab olish foydadan xoli emas: «Uzluksiz shodlik ham keltiradi g’am, haddan ortiq bazm - misoli motam».
Sifat o`zgarishi «sakrash» lar orqali yuz beradi. Sakrash deb eski sifat o`rniga yangi sifatning vujudga kelishiga aytiladi. Sakrash taraqqiyotdagi tub burilishdir; sakrash davrida taraqqiyotda uzilish bo`ladi, ammo narsaning rivoji davom etadi va tezlashadi. Masalan: 1991 yil 31 avgustda O`zbekistonda sifat o`zgarishi (sakrash) yuz berdi, 1-sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi, milliy rivojlanishning tezlashuvi uchun zamin yaratildi. Hayotning paydo bo`lishi, dehqonchilikda yangi navlarning yaratilishi, tub ijtimoiy o`zgarishlar «sakrash» ga misol bo`ladi. Bilimda texnikaning paydo bo`lishi, yangi texnologiyalarning ixtiro qilinishi ham shunday. Tezlik bilan bo`ladigan sakrashlar bilan asta-sekin bo`ladigan sakrashlarni farq qilish kerak. Ammo har ikkisining mohiyati ham bitta: sifat o`zgarishiga olib keladi. Sifat o`zgarishi taraqqiyotdagi uzilish paytini ifodalasa, miqdoriy o`zgarish uzluksizlikni bildiradi. Taraqqiyot uzluklik va uzluksizlik birligidan iborat.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Hozirgi davrda murosa falsafasini olg’a surayotgan ayrim tadqiqotchilar qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuniga qandaydir e’tiborsizlik bilan qaramoqdalar. Bu qonunda ayb yo`q. Ayb hamma vaqt o`zimizda, undan qanday foydalana bilishimizda. Qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni mutloqlashtirish bir yoqlamalikka, siyosatda xatolarga olib kelishini yaqin o`tmishda ko`rdik. Taraqqiyotning bu qonuni mazmunini to`g’ri tushunmaslik tabiatda qarama-qarshiliklarni, jamiyatdagi ob’ektiv ziddiyatlarni inkor qilishga, hayotni rangsiz, bo`yoqsiz tasvirlashga, nihoyat sub’ektivizmga olib kelishi mumkin. Bunda bir xatardan qochaman deb ikkinchisiga giriftor bo`lishi ehtimoli yo`q emas. Bu qonun qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, tafovut va ayniyat tushunchalari orqali ifodalanadi.
Inson har bir qadamda qarama-qarshiliklarga duch keladi. Har bir narsa, har bir hodisa qarama-qarshiliklarning birligidan iborat. Koinotda odamlarga osmon va Yer, biri uzoq, ikkinchisi yaqin, tabiatda qish-yoz, sovuq-issiq, kecha-kunduz, qorong’u va yorug’ borligini o`z tajribalaridan biladilar. Hayotda vijdonli-vijdonsiz, odobli-odobsiz, bilimli-bilimsiz, madaniyatli-madaniyatsiz, ishbilarmon-boqimanda, uquvli-uquvsiz, puldor-pulsiz, dono-nodon va h.k. kabi tushunchalar uchrab turadi.
Ilgari sotsializm-kapitalizm, materializm-idealizm, proletariat-burjuaziya, qizillar-oqlar kabi ikki qutbli (bipolyar) ziddiyatlar e’tirof etilardi. Bugungi kunda bunday yondashuvlar o`z qimmatini yo`qotdi. Endi ziddiyatlar ko`p qirrali, rang-barang, ko`p qutbli (bipolyar) qarama-qarshiliklardan tarkib topmoqda. Prezident I.A.Karimov «O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida» asarida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Totalitar tuzum emirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo`linishi barxam topdi .... Ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning hamma sohalariga soya tashlashi ostida o`tgan kuchli qarama-qarshilik barham topdi. Ammo shundan keyin ham bizni qurshab turgan dunyo, ko`plar kutganidek, osoyishtaroq bo`lib qolgani yo`q. Unda mojarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni shakllantirish jarayoni mintaqalar darajasidagi va mintaqalar ichidagi eskidan saqlanib kelayotgan, zimdan tutab yotgan, har xil tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo`lgan mojarolarning keskinlashuvi bilan birga yuz berdi. Bu mojarolar ilgari ikki tuzumning dunyo miqyosidagi qarama-qarshiligi doirasida ko`pincha u yoki bu kuchlar qutbining manfaatlari yo`lida ''bostirib kelingan'' edi. Bundan tashqari, yangi mintaqaviy mojarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o`z jo`g’rofiy-strategik intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat havflar ham mavjud». (o`sha asar, 5, 19-b.)
Tafakkurda ham ilmiy-g’ayriilmiy, mantiqli-mantiqsiz, asosli-asossiz, izchil-noizchil, aniq-mavhum, haqiqat-yolg’on kabi tushunchalar, fanlarda - musbat va manfiy, differentsial va integral, ta’sir va aksta’sir tushunchalari mavjud. Jamiyat hayoti ham undan holi emas. Yashashdan maqsad ana shu qarama-qarshiliklarni topish, amal qilish qonuniyatlarini bilish, insonga xizmat qildirish, ularni hal qilish yo`llarini izlab topishdan, inson hayotini mazmunli qilishdan iboratdir. Sho`ro dialektik materialistik falsafasida qarama-qarshiliklar kurashi taraqqiyot manbai deb hisoblanar edi. Vaholanki, I.A.Karimov aytganidek, «tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o`rtasidagi hamkorlik va ishonch olg’a harakatlantiradi» (o`sha asar, 323-b.).
Endi taraqqiyotning yana bir qonuni mohiyat-mazmuni bilan tanishib o`taylik.Qarama-qarshilik nima?

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling