1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja
Falsafada metod, metodologiya va metodika tushunchalari
Download 307.42 Kb.
|
Merged document
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo’linadi.
Falsafada metod, metodologiya va metodika tushunchalari.
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to’plashning o’ziga xos usullari mavjud bo’lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi. Ilmiy bilish metodlarini o’rganadigan maxsus soha - metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o’z xarakteriga ko’ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo’linadi. Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo’lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induktsiya va deduktsiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko’rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo’lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi. Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlashish, anketa so’rovi, hujjatlarni o’rganish sotsiologiya faniga xos bo’lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to’g’ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o’rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkoi bersa, qanday o’rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to’g’ri belgilashga yordam beradi. Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilai uzviy bog’liqdir. Ilg’or ilmiy nazariya faniing butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo’lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o’sha yutuqlarga tanqidiy nuqtai nazardai qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o’zi erishgan yutuqlarga shubha bilai qarashni taqozo qiladi. Fan, falsafa sohasida erishilgan yutuqlarni mutloqlashtirish, ularga ko’r-ko’rona sig’inish muqarrar ravishda dogmatizmni keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin bunday nisbiylikni mutloqlashtirish relyativizmni, fan yutuqlariga ishonchsizlik bilan qarash esa, skeptitsizmni vujudga keltiradi. Fan taraqqiyoti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jiddiy xalaqit beradi.Ilg’or ilmiy nazariyalar ma’lum bir davrda ilmiy va falsafiy qarashlar yo’nalishini o’zgartirishi, ilmiylikning o’ziga xos mezoni bo’lishi ham mumkin. Masalan, Charlz Darvinning evolyutsion nazariyasi, A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi falsafiy va ilmiy dunyoqarashlarda muhim o’zgarishlarni vujudga keltirdi. Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini anglash muhim ahamiyatga egadir. Uzoq yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo’lgan ob’ektivlik, xolislik ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX asr o’rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo’lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini qo’ya boshladi. Aqlli mavjuddot bo’lgan inson tabiatni o’rganishda hamisha o’z manfaatlarini ko’zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoqlama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo’lish zaruriyati chuqurrok anglana boshladi. Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob’ekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko’rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o’zgaruvchi sistemalar bilish ob’ekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo’lgan muhim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g’oyalarni ham o’rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g’oyava milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lishni mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan etuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda alohida o’rin tutadi. Bilish nazariyasi bo’lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va kobiliyatlarni shakllantirishda ko’maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o’rganish, ulug’ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir. Download 307.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling