1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


-MAVZU: GLOBAL KORRUPSIYA - IJTIMOIY-MADANIY INQIROZ OQIBATI


Download 307.42 Kb.
bet32/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
Merged document

9-MAVZU: GLOBAL KORRUPSIYA - IJTIMOIY-MADANIY INQIROZ OQIBATI.


REJA:

  1. Korrupsiya tushunchasining mazmuni va uning tarixiy ildizlari.

  2. Korrupsiyaning shakllari, sabablari va turlari.

  3. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va ularning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati.

  4. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonunining qabul qilinishi va uning ahamiyati.



Tayanch tushunchalar: korrupsiya, demokratiya, davlat, huquq ustuvorligi, konvensiya, BMT tashkilotlari, jinoyatchilik, ijtimoiy zararlar, mahalliychilik, breakthechain kampaniyasi.



  1. Korrupsiya tushunchasining mazmuni va uning tarixiy ildizlari.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.
Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik kiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshka hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni yechishda korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. Shuning uchun ushbu muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas. Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.
Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. Korrupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Antik davr yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”.
Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning ilg‘or yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Shekspirning “Venesiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon”, Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirgan.
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli o‘rganib, uni yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”. Mana shu so‘zlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qur’oni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
Buyuk sohibqron bobomiz Amir Temur ta’kidlaganlaridek, “qaerdagi qonun hukmronlik qilar ekan, o‘sha joyda erkinlik bo‘ladi”.
Buyuk ajdodlarimiz ijodida ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab nodir asarlar va ta’limotlarni ko‘rishimiz mumkin. Ana shunday sharqona axloq kodeksini yaratgan mutafakkirlardan biri Husayn Voiz Koshifiydir. Koshifiy ijodiga mansub «Axloqi Muhsiniy» asarining har bir bobida muayyan insoniy fazilatlarning mohiyati ochib berilgan. Asarning 40-bobi «Mulozimlar tarbiyati va odobi bayonida» deb nomlanib, poraxo‘rlikning oqibatlari keltirib o‘tilgan. “Vazir ish yurituvchi amaldorlardan pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Pora olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi. Bunday zabunlikka vazir munosib emas”.
Korrutsiya va u bilan bog‘liq “mafiya” atamalari jamoatchilik tomonidan uyushgan jinoyatchilikka nisbatan qo‘llanadigan tushunchalardir. Ularning bir biriga o‘xshash va farqli jahatlari mavjud. Mafiya deganda qo‘rqitish, zo‘ravonlik bilan og‘ir jinoyatlar sodir etuvchi guruh, pirovardida, uyushgan jinoyatchilikning eng yuqori nuqtasi tushuniladi. Bu atama qo‘llanganda og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslar va guruhlar tushuniladi. Mafiyalarning kelib chiqishi O‘rta asrlarga borib taqaladi. O‘sha davrlarda hozirgi Italiya davlatiga qarashli Sitsiliya orolidagi avtonom viloyatning nomi rasmiy ravishda “mafiya” deb atala boshlangan. XVI-XVII asrlarda Sitsiliya orolidagi feodallarning jabr-zulmi va xalqni ekspluatatsiya qilishi kuchayib ketgan. Bunday adolatsizliklarga qarshi kurashish uchun xalq orasida “mafiya” deb nomlangan guruh paydo bo‘lgan. Bu so‘zning asl etimologiyasi ma’lum emas, ammo u dastlab hurlik, ozodlik, ezgu niyatni ko‘zda tutgan xalq harakati bo‘lgan. Balki bu so‘z O‘rta yer dengizining Afrikaga tutashgan yerlarida joylashgan Mafiya deb nomlangan oroldan majburan keltirilgan kishilarning o‘z haq-huquqlari uchun o‘zaro birlashib kurash olib borganlari yoki XVII asrda Italiyada yashab ozodlikni madh etgan hamda zo‘ravonlikka qarshi asarlar yaratgan shoir Shipion Mafey nomi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Zamonlar o‘tishi bilan bu so‘zning mazmun -mohiyati tubdan o‘zgardi. Hozirgi kunda mafiya tushunchasining asosini zo‘ravonlik, erkinliklarni poymol qilish, javobgarlikdan qo‘rqmaslik, xo‘rlash kabilar tashkil etadi.


  1. Download 307.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling