1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va ularning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati


Download 307.42 Kb.
bet34/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
Bog'liq
Merged document

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va ularning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati.

Korrupsiya jinoyati esa qonunlarning ustuvorligini inkor etishga, ularni buzishga, aylanib o‘tishga olib keladigan illatdir. Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 31 oktabrdagi «Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi»ni ratifikatsiya qildi, shuningdek, «Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi»ga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Istiqlol bergan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmush tarzimiz, erishayotgan turli sohadagi yutuqlarimiz, ayniqsa yosh avlod kamoloti yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarni har qancha e’tirof etsak, arziydi. Albatta, bunday havas qilsa arzigulik kunlarga etishishning o‘zi bo‘lmayotganligi va buning zamirida mashaqqatli mehnat yotganligi hech birimizga sir emas. Bugungi kunda qaysi bir sohaga e’tibor qaratmaylik, ularning har birida yuqori samaradorlikka erishayotganligimiz, bu bunyodkor xalqimizning o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatidan dalolat beradi.
Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni yechishda korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. Shuning uchun ushbu muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas.
Korrupsiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Transparency International” tashkilotining ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilar ekan. Shu bois korrupsiya va poraxo‘rlikni hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oldida turgan eng global muammolardan biri sanalgan korrupsiyaga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilgan. Xususan, 2005 yil dekabr oyida kuchga kirgan «Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi» global doirada qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, uning loyihasi ikki yil davomida 130 dan ortiq davlatlar ishtirokida muhokama etilgan. Unda korrupsiyaga qarshi xalqaro va milliy kurash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.
“Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezident Islom Karimov.
Birinchi Prezident Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiya va poraxo‘rlik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fukarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi” deb ta’kidlaydi.

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling