Korrupsiyaning shakllari, sabablari va turlari.
Dunyoda korrupsiyaning turi ham, tavsifi ham juda ko‘p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Turli ko‘rsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, o‘ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda.
Korrupsiyaviy daromad harom daromad bo‘lib, bu daromadlardagi tengsizlikni keltirib chiqaradi va kuchaytiradi. Korrupsiyaning milliy xavfsizlikka xatari shundaki, u kishilarda norozilik uyg‘otib, jamiyatdagi intizomiy muvozanatga tahdid soladi. Shuningdek, korrupsiya daromadlarning poraxo‘rlar qo‘lida to‘planishiga olib keladi. Natijada, o‘z sohibi ishlab topgan daromadning poraga aylangan qismi yashirin tarzda jamg‘ariladi. Poraxo‘r qo‘lida jamg‘arilgan pul investitsiyaga ham xizmat qilmaydi. Eng yomoni bu aholi qo‘lidagi pul qoldig‘ini ko‘paytiradi hamda pul muomalasiga yoxud mamlakat monetar xavfsizligiga raxna soladi.
Korrupsiyani amal qilish darajalariga ko‘ra quyi va yuqori korrupsiyaga ajratiladi:
Quyi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o‘zaro munosabati bilan (ro‘yxatdan o‘tish, jarimalar, litsenziya va turli ruxsatnomalar olish kabilar) bilan bog‘liq.
Yuqori korrupsiya hokimiyat organlarida ishlovchi siyosatchilar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi hamda yuqori bahoga ega bo‘lgan qarorlar qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va shu kabilar) bilan bog‘liq.
I.Rattner, siyosiy korruptsiya haqidagi tadqiqotida, Xaydenxaymer tasnifiga (1989) asoslanib, korrupsiyaning uch turini ajratadi:
"Oq" korruptsiya - bu madaniyatning bir qismi bo'lgan korrupsiya. Masalan, ba'zi mamlakatlarda politsiyaga berilgan pora xodimlarning maoshiga kiradi. Ushbu turdagi korrupsiya madaniyatda amalda qonuniy deb qabul qilinadi. Rasmiylar bu xatti-harakat modelini yo'q qilish uchun deyarli hech narsa qilmaydilar.
"Kulrang" korrupsiya - bu noqonuniy, lekin deyarli qonuniy deb qabul qilingan xatti-harakatlar. Bunga eng yaxshi misol - saylovoldi kampaniyasi doirasida noqonuniy moliyalashtirishni jalb qilgan siyosiy partiyalar.
“Qora” korrupsiya - yopiq eshiklar ortidagi noqonuniy operatsiyalarni bildiradi, bu yerda ko'rinadigan qurbonlar bo'lmaydi va shuning uchun hech kim bundan shikoyat qilmaydi.
Korrupsiya oq-qora, deydi Aleksandr Kovalskiy. Oq - jamiyat tomonidan tan olingan va u tomonidan qabul qilingan hodisa, qora tan olingan va ular yo'q qilishga intilayotgan nomaqbul hodisa. Oq qora rangdan ham yomonroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |