1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja
Download 307.42 Kb.
|
Merged document
Mantiq fanining vazifalari.Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo‘lishga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga, argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni ochib tashlashga yordam beradi.
Muhokamani to‘g‘ri qurish, formal ziddiyatlar, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka erishish, aytish mumkinki, o‘ziga xos san’at-mantiq san’ati hisoblanadi. Bu san’atning nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muhokama yuritishda namoyish qila oladi. Shu o‘rinda buyuk mutafakkir Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: “Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri tafakkurga yetaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarni ko‘radigan san’atni-mantiq san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aqlni to‘g‘rilab turadi”1. Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni yechish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi, madaniyati nuqtai nazaridan qarash kerak. Mantiq fani ham bundan istisno emas. Inson muammosining xal qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma’naviy, axloqiy nuqtai nazardan takomillashishiga bog‘liq. Insoniylik muammosini hal qilishda mantiq ilmi, ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida, alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi zamon fanida yuksak kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda murakkab munosabatlar yuz bermoqda, bularni tahlil qilish uchun esa mantiqiy fikrlash madaniyati kerak. Fan yordamida inson faoliyati rivojlandi, uning oyoq, qo‘li va boshqa organlarining o‘rnini bosadigan mashinalar paydo bo‘ldi. Mantiq ilmini tadbiq etish natijasida inson intellektini rejalashtiruvchi «aqliy mashina» lar vujudga keldi, binobarin, sun’iy aql vujudga kelmoqda. Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina yaratishning chegarasi bormi, agar chegarasi bo‘lmasa, insonning o‘zi kelajakda qanday axvolga tushib qoladi?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va ularga javob berishni taqozo etadi. Bu hozirgi davrda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun har qanday fan, shu jumladan mantiq ilmi, inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib saqlash va takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak. Download 307.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling