1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafaning axloqiy funktsiyasi


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Falsafaning axloqiy funktsiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi 
munosabatlar bilan bog`liq.
Falsafaning tarbiyaviy funktsiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi 
keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so`z yuritish o`rinli bo`ladi. 
Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o`z-o`zini anglab etishga 
yo`naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan YUnesko qaroriga binoan, butun dunyoda 
har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o`tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, 
hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e`tiborini qaratadigan Jahon falsafa 
Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Frantsiyada 
o`tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o`tkazish an`anaga aylangan. 
Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo`lib o`tgan XX jahon falsafa kongressi 
“Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag`ishlangan bo`lsa, Turkiyaning 
Anqara shahrida o`tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan 
yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta 
Osiyo mamlakati bo`lmish Koreya respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani 
qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo`lib o`tdi. Kongresslarning mavzularidan ko`rinib 
turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog`liq va eng muhim muammolarni anglab etishga 
xizmat qilib keldi. SHunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol 


toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr 
mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi. 
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta`lim va tarbiyani, ya`ni o`z qobiliyatlari va 
imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qodir bo`lgan jismoniy va ma`naviy jihatdan komil insonni 
voyaga etkazishni «paydeyya» (yunon. pais – bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O`sha vaqtlarda 
paydeyya aristokratiyaning o`ziga xos belgisi hisoblangan; endilikda faylasuflar ta`lim va tarbiya 
muammolarini yana birinchi o`ringa qo`yib, ularni hal qilishda falsafaning rolini aniqlashga 
harakat qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, Boston kongressidagi asosiy 
ma`ruzalarning mualliflaridan biri frantsuz faylasufi P`er Obenk: «Insonning vahshiyona 
tabiatidan ma`rifatli tabiatga o`tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o`rtaga 
tashlaydi. Uning fikricha, insonning yagona tabiati ikki ma`noli bo`lib, faqat ma`rifat (paydeyya) 
odamzotni so`zning to`liq ma`nosidagi insonga aylantiradi yoki, Platon ta`biri bilan aytganda
paydeyya uning ko`zini ochadi.
Biroq ma`rifatning vazifasi ko`zga ko`rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga to`g`ri 
qarashni o`rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo`sht va boshqa mashhur 
faylasuflar fikriga tayanib, ma`rifat yordamida, ta`lim va tarbiya jarayonini zo`rlikka qarshi 
yo`naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini 
yaratish mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta`lim 
jarayoniga e`tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni 
farqlaganlar; birinchi atama bilimni, ya`ni o`rganish mumkin bo`lgan narsani anglatsa, ikkinchi 
atama bilim berish manbaini emas, balki to`g`ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya, 
Aristotel` ta`biri bilan aytganda, insonni o`zini o`zi kamol toptirishga rag`batlantirishi lozim. Shu 
bois Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini 
emas, balki to`g`ri fikr yuritish mahoratini o`rgatishga e`tibor qaratish muhim. 

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling