egalik va narsalarni to`g`ri tushunishga da`vogar bo`lgan falsafiy ta`limotlar
hukmronligiga
munosabat sifatida vujudga keldi va Shu ma`noda, ijobiy rol o`ynadi.
Falsafaning asosiy funktsiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar,
muayyan tamoyillarni ta`riflar yoki gipotezalar, g`oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni
vaqtda (ba`zan Shu tariqa) har xil funktsiyalarni bajaradi. Falsafaning
muhim funktsiyalaridan
dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik,
integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va
tarbiyaviy funktsiyalarni qayd etish mumkin.
Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi. Falsafaning, dunyoqarashni shakllantirish
funktsiyasi, insonning dunyoga munosabati, uning o`z-o`zini va o`zini qurshagan borliqni
tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o`z burchini qanday talqin qilishi avvalo
va bevosita uning dunyoqarashiga bog`liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: