1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafada shubhaning roli


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Falsafada shubhaning roli. Yaqorida keltirilgan ikkala gnoseologik yondashuvni taqqoslash 
va ularga baho berishda shubha muhim rol o`ynaydi. U nafaqat o`rinli, balki ijodiy yo`naltirilgan 
har qanday bilishning zaruriy elementi hisoblanadi. SHuningdek, falsafiy mulohazalar har 
qanday shak-shubhadan xoli bo`lsa, notanqidiy idrok etiladigan o`tmish va qadimda 
o`zlashtirilgan qonun-qoidalarga so`zsiz bo`ysunish me`yorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, 
turg`unlik va tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay, Sekst Empirik va shubhani 
fikrlashning asosiy tamoyili, inson bilimini esa – nisbiy deb e`lon qilgan falsafiy yo`nalish – 
skeptitsizmning boshqa asoschilari e`tiborni qaratgan. Skeptitsizm haqiqatga shak-shubhasiz 
1
Kanт I. Soch.Т.6 –M.: Nauka, 1997.-S351 
2
Kamyu A.// Vsemirnaya entsiklopediya. Filosofiya. –M.: Sovremennыe тeтradi, 2001. –S.344 


egalik va narsalarni to`g`ri tushunishga da`vogar bo`lgan falsafiy ta`limotlar hukmronligiga 
munosabat sifatida vujudga keldi va Shu ma`noda, ijobiy rol o`ynadi.
Falsafaning asosiy funktsiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, 
muayyan tamoyillarni ta`riflar yoki gipotezalar, g`oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni 
vaqtda (ba`zan Shu tariqa) har xil funktsiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funktsiyalaridan 
dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va 
tarbiyaviy funktsiyalarni qayd etish mumkin.
Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi. Falsafaning, dunyoqarashni shakllantirish 
funktsiyasi, insonning dunyoga munosabati, uning o`z-o`zini va o`zini qurshagan borliqni 
tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o`z burchini qanday talqin qilishi avvalo 
va bevosita uning dunyoqarashiga bog`liq bo`ladi.

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling