1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


borliqqa va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

borliqqa va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek 
odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e`tiqodlari, bilish 
va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo`ljallaridir.
Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli.
Insonning o`zi va o`zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida 
shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o`ziga ma`qul va noma`qul 
narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga 
erishishda tegishli tarzda ish ko`radi.
Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash 
funktsiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funktsiyasi insonda qiziqish uyg`otuvchi barcha savollarni, 
shuningdek muayyan yo`l bilan topuvchi javoblarni o`z ichiga oladi.
Ammo dunyo juda rang-barang bo`lib, muttasil o`zgarish jarayonini boshdan kechiradi, 
qoniqarli javoblarga ega bo`lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo`lgan 
savollarga qaraganda, ko`proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda 
yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o`ziga xoslik 
bilan ajralib turadi va hech bo`lmasa Shu sababga ko`ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech 
qachon o`xshamaydi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslarning uzviy bog`liqligi va ularning 
jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal 
qilishidir.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg`unlikda e`tiqodlar – odamlar faol qabul 
qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo`ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga 
keltiradi.


Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo`lib, u dunyoqarashni dogmatizm, ya`ni 
biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan 
asraydi.

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling