1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja
Fan va falsafaning mutanosibligi
Download 264.17 Kb. Pdf ko'rish
|
№1-Mavzu - uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ctsientizm
- Falsafa va fanning umumiy jihatlari
- Falsafa va fan o`rtasidagi farq shunda namoyon bo`ladiki
Fan va falsafaning mutanosibligi.
Fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-qarshiliklar mavjud. Xususan, ba`zi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo`lib, u “ijobiy”, “foydali” bilim sifatida fanni “mavhum” va “tajribaga asoslanmagan” falsafaga qarshi qo`yadi. Bunday qarashlar stsientistik deb, nazariy tafakkur yo`nalishi esa – stsientizm (lot. scientia va ingl. science – fan, bilim) deb ataladi. Ctsientizm fan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antistsientizm falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e`lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va Shu kabilarni mutlaqlashtiradi. Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular: avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; o`rganilayotgan ob`ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo`ljal oladi; kategoriyalar apparatini (o`z tilini) yaratadi, o`zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi. Falsafa va fan o`rtasidagi farq shunda namoyon bo`ladiki: falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog`lanadi, bunda uning g`oyalari, asarlari o`ziga to`q bo`lishi va ularga boshqa faylasuflar qo`shilishi yoki qo`shilmasligiga bog`liq bo`lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e`tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir; falsafada (muayyan fanlardan farqli o`laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi me`yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo`lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo`ladi; falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub`ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e`tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi; falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi); falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya`ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo`q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas. Download 264.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling