1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish 
(verifikatsiya qilish) yoki rad etish (fal`sifikatsiya qilish) imkoniyati yo`qligi tufayli lozim 
darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo`lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko`rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga 
nisbatan yangicha, o`ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, Shu jumladan fanga bunday 
yondashuvlarni ilgari surishga ko`maklashadi. Zero, aniq ta`riflar va ishonchli dalillarga 
tayanadigan fan o`z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo`l qo`ya olmaydi. Vaholanki, 
falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o`zining 
betakrorligini yo`qotadi. 
Hamonki plyuralizm falsafada me`yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya`ni 
qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, 
falsafani qanday o`zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni Shu masala qiziqtiradi. Xususan 
Suqrot, Seneka va o`tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa 
faktlarni eslab qolishni o`rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish 
qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan 
mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o`zi mustaqil o`ylashni va o`z aqliga quloq solishni 
o`rganishini nazarda tutmog`i darkor. Ayni Shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot 
qilishni o`rgatish, u o`z shaxsiyatining ahamiyatini ko`rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga 


etishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o`z navbatida, barcha odamlar o`ziga 
atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan so`zlar falsafani fan sifatida o`rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va 
ta`riflarning muayyan yig`indisi sifatida o`zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra 
tasdiqlaydi. Insonga ta`lim berishda paydeyya yo`lini tanlash – unga «nimani ko`rish 
lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o`rgatish lozim. O`z-o`zidan 
ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o`quvchi va o`qituvchining qiziquvchanligi va 
intiluvchanligisiz hal qilib bo`lmaydi, falsafa esa o`zining sof ko`rinishida yo`qoladi, «havoga 
sovuriladi», pirovardda kimdir bayon etadigan, kimdir “o`tishi”, o`rganishi va qolaversa, imtihon 
topshirishi lozim bo`lgan “fan”gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta`lim berish va uni 
o`zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.
Xulosalar. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari va undagi 
o`rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi. 
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo`lib, unda inson atrof muhit 
bilan birlashadi hamda na tabiat va na o`z urug`idan ajralmagan holda namoyon bo`ladi. Diniy 
dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g`ayri tabiiy dunyoga bo`lish xos. Dinning asosi 
g`ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo`g`rilgan. 
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o`zining atrof muhitga tanqidiy munosabati 
asosidagi dunyoqarashli funktsiyasini bajaradi, gnoseologik va ontologik kategoriyalarga 
murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi. 
Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, insonning olamga fanning 
tabiat va jamiyat haqidagi yutuqlariga tayanilgan nazariy munosabati . 
Falsafaning ahamiyati, uning insonni o`z-o`zini, olamni anglashga, ijodiy barkamollikka 
yo`naltira olishidadir.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Falsafa nima to`g`risidagi fan? 
2. Falsafiy bilimlar mohiyati nimada? 
3. Dunyoqarash nima? 
4. Dunyoqarashning asosiy shakllarini ko`rsating. 
5. Falsafaning asosiy muammolari muammolarini ko`rating 
6. Falsafaning qanday asosiy yo`nalishlari va usullari mavjud? 
7. Falsafaning asosiy funktsiyalari qanday?
8. Hozirgi zamon, O`zbekiston va falsafiy bilimlarni yangilash muammolari nimalardan 
iborat? 

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling