1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafaning gnoseologik funktsiyasi


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Falsafaning gnoseologik funktsiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor 
etish mumkin bo`lmagan, ya`ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo`lmagan 
narsalar va hodisalarni oqilona yo`l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa 
gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari 
qanday?», degan masalalar bilan bog`liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki 
bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo`ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funktsiyasi to`g`risida so`z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish 
o`rinli bo`ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos – yo`l, tadqiqot, tekshirish so`zidan kelib 
chiqqan bo`lib, u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy 
va amaliy o`zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib 
aytganda, bu faylasuf yoki olim o`zi o`rganayotgan predmetning tadqiqot yo`lidir.
Falsafaning integrativ funktsiyasi fan bilan chambarchas bog`liq. Real borliqning yangi va 
yangi ob`ektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o`rin olishi, shuningdek 
ilgari ma`lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o`rganishga 
bo`lgan ehtiyoj ilmiy bilim o`z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga 
turtki beradi.
Madaniy funktsiyasi. Falsafa odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish 
uyg`otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali madaniy 
funktsiyani ham bajaradi.
Aksiologik funktsiyasi. Falsafa hayotning ma`nosi, o`lim va umrboqiylik masalalarini kun 
tartibiga qo`yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, 
“foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) 
funktsiyani bajaradi.  

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling