1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa.
 
Falsafiy refleksiya va u bilan mushtarak bo`lgan harakatlarning mazkur yo`nalishi XX asrda 
hatto butun bir yo`nalish – amaliy falsafa vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Biroq Shu narsa 
aniqki, falsafa odamlar dunyoqarashini shakllantirish orqali ularning xulq-atvorini, yuqorida zikr 
etilgan qarorlarni ishlab chiqish jarayonida ularning yondashuvlarini ham ko`p jihatdan 
belgilaydi, faylasuflarning o`zlari esa ba`zan odamlar hayotini butunlay o`zgartiruvchi muhim, 
g`oyalar tashabbusi bilan chiqadilar.
Falsafa va fan.
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari 
shakllangan.
Keng (yig`ma) ma`nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo`lib, uning vazifasi borliq 
haqidagi ob`ektiv bilimlarni o`rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yo`li 
bilan olingan ba`zi bir oqilona javoblar mavjud bo`lgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya`ni amaliyot 
sinovidan o`tgan, kundalik hayotda o`z tasdig`ini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin.
SHunday qilib, azaldan yaxlit va bo`linmas dastlabki bilim sifatida amal qilgan falsafa 
zaminida o`sha vaqtlardayoq amaliy xususiyat va tegishli yo`nalishga ega bo`lgan bilim sohalari 
faol shakllana boshladi. Shu tariqa asta-sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar 
(matematika, geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, o`z shakl-
shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni Shu ma`noda falsafa barcha fanlarning asosi 
hisoblanadi.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha 
bo`lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hayot 
tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va 
mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo`lgan tabiat haqidagi 
dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan.


2. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo`lib, u klassik fan davri deb nomlanadi. 
Fanning bu yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g`oyalarning mualliflari sxolastika 
va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan va mexanika qonuniga asos 
solingan.
3. XVIII-XIX asrlar fani noklassik fan davri deb ataladi. Bu davrda ko`plab ayrim ilmiy 
fanlar vujudga keladi, ularda ulkan faktik material to`planadi va tizimga solinadi.
4. XX asrdan fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani postnoklassik deb 
ataladi, chunki mazkur asr bo`sag`asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi 
davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida 
amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi.
Natijada XX asrning ikkinchi yarmi fani jadal sur`atlarda o`sib, ijtimoiy mehnatning muhim 
tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi.
Fan rivojlanishning yuksak darajasiga erishgan bo`lsa-da, lekin amalda falsafa bilan uzviy 
bog`liq bo`lib qolmoqda. Ular faol o`zaro ta`sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga samarali 
ta`sir ko`rsatmoqda. Bu hol Shu bilan izohlanadiki, falsafa daliliy materialga, sinovdan o`tgan 
ilmiy ma`lumotlarga tayanib, o`z mavhum g`oyalarini borliq bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, 
fan esa, dalillarni qayd etish va tavsiflash bilan cheklanmay, yanada asosliroq xulosalar 
chiqarish imkoniyatini qo`lga kiritadi.
SHuni tan olish lozimki, hozirgi vaqtda jamiyat ko`p jihatdan fanning ulkan yutuqlari tufayli 
o`zini o`zi yo`q qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni to`xtatish kerak, degani emas. 
Ammo ilmiy izlanishni insoniy, axloqiy munosabatga bo`ysundirish va balki uning qaysidir 
yo`nalishlarini cheklash zarurligi to`g`risidagi masala kun tartibiga qo`yilmoqda. Ilmiy 
izlanishning insonparvarlashuvi, uning yo`llari va oqibatlariga axloqiy munosabat – bu 
davrimizning muhim muammolaridir. 

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling