1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


absolyut va sh.k.)ga bo`lgan e`tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o`ziga xos


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

absolyut va sh.k.)ga bo`lgan e`tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o`ziga xos 
harakatlaridirAgar mifologiyada an`anaga, rivoyat qiluvchining, ya`ni oqsoqolning obro`siga 
e`tiqod kuchli bo`lsa, dinda g`ayrioddiy narsalarga e`tiqod birinchi o`rinda turadi, oliy kuchlar 
nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro`si esa ikkinchi darajali rol o`ynaydi.
Xullas, din murakkab ma`naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, unda e`tiqod 
muqarrar tarzda birinchi o`ringa qo`yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi. 
Dinning asosiy funktsiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funktsiyalari murakkabroqdir. Din 
funktsiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin: 

dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydo 
bo`lgan va bunda g`ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday namoyon bo`lgan, degan 
savollarga javob beradi

kommunikativ funktsiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini 
ta`minlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko`maklashadi; 

tartibga solish funktsiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me`yorlar va 
qoidalarni belgilaydi

kompensatorlik funktsiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e`tibor, g`amxo`rlik o`rnini 
to`ldiradi, hayot ma`nosi, istiqbollar va Shu kabilarning yo`qligini sezdirmaydi, ya`ni insonning 
kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o`rnini to`ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo`lib, u insonning 
g`ayrioddiy narsalar va hodisalarga bo`lgan e`tiqodini to`yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. 
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo`lib, u inson intellektining 
rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat`iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, 
balki e`tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo`lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o`z rang-barangligida 
insonga cheksiz murakkab bo`lib tuyulishida namoyon bo`ladi.


Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bo`lgan tengsizlik, qashshoqlik va 
adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o`zgartira yoki enga olmaganligi bilan bog`liq.
Dinnning siyosiy ildizlari. Din va siyosat o`rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud. Diniy 

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling