1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja
e`tiqodlarning tarixiy shakllari
Download 264.17 Kb. Pdf ko'rish
|
№1-Mavzu - uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafiy dunyoqarash.
e`tiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga ko`p sonli turli-tuman dinlar ma`lum.
Ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan. Fetishizm u yoki bu predmetni mo`jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta`sir ko`rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Animizm (lot. anima – jon) – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham go`yo ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir. Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya`ni sig`inish ob`ekti sanalgan ajdod deb e`lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o`simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo`lgan ishonch tashkil etadi. Magiya (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo`lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o`ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g`ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va Shu kabilarga ta`sir ko`rsatish mumkinligiga bo`lgan ishonch. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e`tiqodlar negizini tashkil etdi va politezm (ko`pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o`z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir. Falsafiy dunyoqarash. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o`laroq, falsafa dunyoni e`tiqod va tuyg`ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi. Faylasuf tafakkurni xurofot va bid`atlardan tozalab, uni erkinlashtirdi va mifologik yoki diniy dunyoqarashga mutlaqo xos bo`lmagan tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirdi. Ajdodlardan meros qolgan «donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni e`tiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli o`laroq, faylasuf savollarni ta`riflashni va avvalo sog`lom fikr va o`z aql-zakovatining kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni o`rgatatdi. Download 264.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling