1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Dunyoqarashning tuzilishi


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng 
muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o`zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir.
Dunyoni idrok etishbu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. DDunyoni 
tushunishinsonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda 
yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o`zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish 
faoliyatidir.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari.  
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo`lib, bu hol 
insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir.
Mifologik dunyoqarash. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos so`zidan kelib chiqqan bo`lib, 
afsona, rivoyat degan ma`noni anglatadi. Mif – bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi
tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini 
ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Mifologik dunyoqarashning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-bir 
voqea haqidagi hikoya emas, balki og`zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-
hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta`sir ko`rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi 
in`ikosidir 
Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo`lib, unda shubhaga o`rin yo`qdir.
Diniy dunyoqarash.
Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din so`zi arabchadan tarjimada e`tiqod, 
ishonch, ishonmoq degan ma`nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e`tiqod, tuyg`ular 
va emotsiyalar yotadi.
Diniy dunyoqarash odamlarning g`ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir 

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling