1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Dunyoni falsafiy idrok etishning o`ziga xos xususiyati


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Dunyoni falsafiy idrok etishning o`ziga xos xususiyati, unda dunyoni bilish, sezish, ko`rish 
va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida namoyon bo`ladi. Darhaqiqat 
falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar 
borlig`i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, 
jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta`riflanuvchi ma`naviy 
faoliyatdir. Ya`ni bu dunyoga va insonning undagi o`rniga nisbatan qarashlarning umumiy 
tizimidir.
Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob topish istagi yotuvchi oqilona 
yo`l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga egaki, bir 
savolga javob ko`pincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi va ba`zan muammoga 
nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini 
oshiradi va yangi tadqiqotlarga da`vat etadi. Xullas, bu erda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka 
intilish to`g`risida so`z yuritiladi.
Agar mifologiya va dinda javobga urg`u berilsa, bilishning butun mazmuni unda 
mujassamlashsa, falsafada savol, masala birinchi o`rinda turadi. U to`g`ri va yaxshi 
ta`riflangan bo`lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. Savol, masala insonni ijodga 
rag`batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga etilganiga ishonch 
paydo bo`lmagunicha insonni izlanishga da`vat etadi. Bunda savolning o`zi, muammoning 
qo`yilishi javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba`zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash 
va kuni kecha echilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo`lib tuyulgan masalalarga qaytish 
demakdir. Falsafa savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali 
bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi.


Xullas, falsafa haqiqat qanday bo`lsa, uni shunday ifodalab ko`rsatishdir, din esa –uning 
ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo`lsa, din timsol va shakl.

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling