1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Fan va falsafaning mutanosibligi


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

Fan va falsafaning mutanosibligi.
Fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-qarshiliklar mavjud. Xususan, ba`zi bir 
ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud 
bo`lib, u “ijobiy”, “foydali” bilim sifatida fanni “mavhum” va “tajribaga asoslanmagan” 
falsafaga qarshi qo`yadi. Bunday qarashlar stsientistik deb, nazariy tafakkur yo`nalishi esa – 
stsientizm (lot. scientia va ingl. science – fan, bilim) deb ataladi. Ctsientizm fan texnika 
taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antistsientizm falsafiy bilishni ilmiy 
bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e`lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi 
va mistika, intuitsiya, iroda va Shu kabilarni mutlaqlashtiradi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular: 

avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; 

o`rganilayotgan ob`ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab 
mo`ljal oladi; 

kategoriyalar apparatini (o`z tilini) yaratadi, o`zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga 
dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi. 
Falsafa va fan o`rtasidagi farq shunda namoyon bo`ladiki: 

falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog`lanadi, bunda uning g`oyalari, asarlari o`ziga 
to`q bo`lishi va ularga boshqa faylasuflar qo`shilishi yoki qo`shilmasligiga bog`liq bo`lmasligi 
mumkin. Fan esa, mohiyat e`tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir; 

falsafada (muayyan fanlardan farqli o`laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu 
erda fikrlar rang-barangligi me`yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech 
bo`lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar 
tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo`ladi; 

falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari 
ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub`ektiv fikrlari va 
mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e`tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar 


olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining 
mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi; 

falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi); 

falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya`ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir 
emas, zero unda bunday bilimlar yo`q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi 
yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki 
modellashtirishga qodir emas.

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling