1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi


Download 264.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana22.12.2022
Hajmi264.17 Kb.
#1041354
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
№1-Mavzu - uz

yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchilarga ajratiladi.
Ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan yaratilgan?», 
degan savol bilan bog`langan. O`sha davrda bu savol eng muhim, asosiy, birinchi darajali 
hisoblangan.
O`rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» quyidagicha 
ta`riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona asoslash mumkin?». 
Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo`lib, u «Inson nima?» degan savolni 
mohiyat e`tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki har 
xil dunyo – tabiiy zarurat va ma`naviy erkinlikka mansub bo`lib, ularga muvofiq odamzot, bir 
tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi 
mavjudotning o`z-o`zidan yaratish» natijasidir
1

Ekzistentsializm falsafasida esa har bir individ o`zi uchun o`zi hal qilishi lozim bo`lgan 
«Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida e`tirof etiladi, zero, 
mazkur yo`nalish namoyandalarining fikriga ko`ra, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa o`z 
ma`nosini yo`qotadi. Frantsuz ekzistentsialist faylasufi A.Kamyu ta`biri bilan aytganda: “Hayot 
yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob 
topish demakdir”
2
.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan javoblar orasida ham 
ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb 
ataladi. Unga muvofiq insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u 
o`zini qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va 
dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo`ladi, deb 
hisoblanadi.
Ikkinchi yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. Bu 
yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini to`la (yoki hatto qisman) 
bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday qarashlar ayniqsa D.YUmga xosdir. 
Odatda, agnostitsizm namoyandalari qatoriga I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha 
bahsli bo`lib, faylasuflar orasida munozaralarga sabab bo`lib keladi.

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling