1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)


Download 0.96 Mb.
bet6/37
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1554806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

4 masala.Temur va temuriylar davri huddi maqul bosqinchilaridan ozod bo'lgan halqimizning milliy dahosi eng yuksak chukkiga ko'tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi halqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash qamda mustaqkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu halqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barharor qilish, yashash orzularining o'shalgan davridir. Uning falsafasida ana shu jiqatlar yaqqol ko'zga tashlanadi va bu meros bugungi milliy ong va istiqlol mafkurasining falsafiy negizlari orasida aloqida o'rin tutadi.
Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o'sha davr ma'naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to'la-to'kis yaratgan arboblar edi.
Temo'rning o'lkan hizmatlaridan muhimi shuki, u madaniyat va ilm homiysi sifatida mashhur bo'ldi, o'z saroyiga olimu fo'zalo arboblarini to'pladi. Hoja Afzal, Jalol Hoqiy, Mavlono Horazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashqul bo'ldilar. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Hitoy, Rusiya, arab mamlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e'tibor berildi. Islom dini o'sha davrda asosiy mafkura bo'lib, markazlashgan davlat barpo etiщda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan soqasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo'lib hizmat qildi. Temur o'z faoliyatida unga tayanib ish ko'rdi.
Temuriylar davrida tasavvuf ta'limoti keng qo'loch yoydi. Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo'qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, qaqikat va adolat o'rnatishda, insonparvarlik g’oyalarini tarqatishda foydalangan.
Temuriylardan Shohruh, Ulug’bek, Husayn Boykaro, Bobur Mirzolar davlatni boshharishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an'analarini izchil ravishda davom ettirdilar.
XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Hurosonda ilm-fanning ko'p soqalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar etishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarih, adabiyot, jugrofiya, pedogogika, mantiq., falsafa, aqloqshunoslik va boshqalarga e'tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi ,ularda o'sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olga surildi. «Gul va Navro'z» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Behro'z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira) ning muallifi Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «Mahzan ul-asror» hazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV Haydar Horazmiy qamda Kamol Hujandiy (1402 yilda vafot etgan), Hofiz Horazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buhoriy (§65-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va boshqalar o'sha davrda yashab ijod etdilar.
Bu davrda tarih faniga e'tibor kuchaydi, yirik tarihnavislar paydo bo'ldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq Samarqandiyning (1413-1482) «Matlaa as-sa'dayn va majma' al-bahrayn» («ikki dengizning qo'shilishi»), Hofizi Abruning «Zubdat at-tavorih» («Tarihlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning «Ravzat al jannat- gat fi avsof madinat», Fosih Havofiyning «Mujmali fosihiy», SHarafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si, Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»si va boshqalar mashhur edi.
O'sha zamonning eng mashhur tarihchilari Mirhond va Hondamir edilar. Uning asosiy tarihiy asari 7 jilddan iborat bo'lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai hollari haqida poklik boqlari» deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi, ettinchisini nabirasi Hondamir yozib tugatadi.
Hondamirning muhim risolalari» Makorim ul-aqloq.», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo'lanma » va boshqalardir.
X1V-XY asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakiyot, falsafa va aqloqshunoslikka katga e'tibor berildi. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Sa'diddin Taftazoniydir (1322-1392). Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san'ati va mantiq bilan shugullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga saykal berish») «Muhtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha ma'nolar»), «Al-irshod al-hodiy», (Arab tili gramatikasiga oid «Yo'l boshlovchi rahbar»), «Al-makosid at-tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o'tmish olimlarinint juda ko'p asarlariga sharhlar qam bitgan.
Taftazoniy iroda erkinligiga to'htalib, harqanday ezgu ishlar hudoning moqiyatidan kelib chiqadi. hudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon hatti-harakatlar qilishdan saqlaydi, insonni ko'proq hayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunoh, ishlardan qochishga da'vat etadi, deb aytadi.
O'sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid SHarif Jurjoniydir.
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo'lib, ularning aksariyati mantiq, fikh, falsafa va tabiatshunoslikning muhim muammolariga baqishlangan. Olimning «At-ta'rifot» («Ta'riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib borishning qoidalari haqida risola»), «Sugro» («Kichik dalil bo'la oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo'la oladigay hukm»), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o'rta hulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliqhaqida risola») va boshqa asarlardir
Mugafakkir risolalarida borliq, modda va uning shakllari, jismoniy va ruqiy munosabatlar, maniqiy fikrlash, til va tafakkurning o'zaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish masalalari yoritiladi. Jurjoniy, huddi Taftazoniy singari, qamma narsa va jismlar bir-biriga sabab-oqibat nisbatida bo'ladi, deb hisobladi. Oddiy narsalar asosida to'rt unsur, ya'ni suv, olov, va tuproq yotadi. Metall, o'simliklar va hayvonot dunyosi to'rt unso'rning qorishishi nagijasida paydo bo'ladi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo'shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muqammad Taraqay Ulug’bek ( 1394-1449). Ulug’bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, Kuqaq tepaligida, Obi Rahmat ariqining bo'yida rasadhona barpo etganligidir. Ushbu rasadhona ko'rilishi 1424 yilda boshlanib, 1429 yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi Ko'ragoniy» deb ataladi. Undan tashhari, Ulug’bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga baqishlangan «Risolayi Ulug’bek» va tarihga oid «To'rt ulus tarihi» kitoblarini yozdi. Ulutbek mantiq ilmi, fikhshunoslik, musiqa va adabiyot nazariyasini yahshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va 1118 yulduzning o'rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
Ulug’bek sayyoralarni o'rganishga turli uslublarni qo'llaydi, bular kuzatish, eksperiment, jonli mushohada, isbotlash, kiyoslash, indukciya, dedukciya va boshqalardir. Shuni aytish lozimki, Ulug’bek kuzatish va ulchash asboblari takomillashmagan bo'lsa qam, quyosh va oy harakatlarini, ularning tutilishi va vaqtlarini to'qri hisoblab chiqdi. U o'z atrofiga qobiliyatli olimlarni to'pladi, o'zga mamlakatlardan iqtidorli olimlarni taklif etdi.
Ana shunday olimlardan biri Giyosiddin Jamshid al-Koshiy bo'lib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoh ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» («Doira haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab Еvropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana boshladilar.
Tarihda Ali qushchi nomi bilan mashhur bo'lgan Alouddin Ali ibn Muqammad qushchi Ulug’bekning shoqirdidir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot soqasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir.
Ali qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va quyosh tutili­shi qonuniyatlarini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini urgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga o'tishi to'qrisida o'z fikrini ilgari surdi.
Umuman shuni ta'kidlash lozimki, Ulug’bek va u asos solgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni o'rganishda muhim rol uynadi, o'sha vaqtgacha fanga ma'lum bo'lmagan hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali ta'sir ko'rsatdi. Ulug’bekning astronomiya sohosidagi g’oyalarini Еvropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar rivojlantirdilar.
Temuriylardan Husayn Boykaro hukmronligi davrida bu erda ilm-fan, adabiyot soqasida yuksalish yuz berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi Jahonga mashhur mutafakkirlar etishib chiqdi.
O'rta asr mumtoz adabiyotining vakili, Ulug’ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiydir. Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asarlar «Nafahot ul-uns» «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus; «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo'llari qaqid risola», «Baqoriston» va boshqalardir.
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo'lib, ung «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-abror», «Yusuf va Zulayho» «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol» « Hiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.
Barcha musilmon mutafakkirlari kabi Jomiy qam hudo abadiy, mutloq va dunyodagi qamma narsalarning sababchisidir, hudo mavjud bo'lganda, borliq yo'q edi, dunyo o'zining boshlanqichini Ollohdan olgan, demak, hudo qamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy harashlar uning insonparvarlik g’oyalari bilan chambarchas boqlanib ketadi. Mugafakkirning ko'pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g’oyalari tasvirlanadi.
Jomiy naqshbandiylik ta'limotiga e'tiqod qilib, uning nazariy va amaliy jiqatlarini rivojlantiradi. Sufiy, uningcha, qalol va poq bo'lishi, biror kasb-hunarni egallashi, qanoatli va oliyjanob bo'lishi, tamagirlikdan uzoq, yurishi, nafsini jilovlashi lozim. Jomiy hudoni «go'zal ma'shuqa» sifatida tasvirlab insonning maqsadi uning vasliga etishdir, deydi.
Jahon madaniyati ravnaqiga o'lkan hissa qo'shgan siymolardan biri, Ulug’ o'zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441-1501).
Navoiy ijodi boy bo'lib, asarlari turli mavzularga baqishlangan. «qamsa» ya'ni «Hayratul abror», «Farhod va Shi­rin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari qamda «Lison ut - tayr», «Majolisun nafois», «Mahbubul qo'lub», «Holoti Pahlavon Muqammad», «Mezon ul-avzon», «Muhoqamat ul-lugatayn» va boshqalar. Bulardan tashhari, Navoiy «Hazoyinul maoniy» («Ma'nolar hazinasi») nomli she'riy to'plam yaratgan bo'lib, u 45 ming misraga yaqin gazal, ruboiy, kitьa va fardlardan tashkil toptan.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo'lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baht-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta'lim-tarbiya haqidagi fikr-uylari o'z ifodasini toptan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy harashlarining muhim hususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy uhshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma'nolarda bayon qilinadi.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g’oyasi muhim o'rinni egallaydi - shoirning «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy qaqramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular mehnatsevar, o'z kasbini ustasi, doimo o'zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, sahovatli, to'qri so'z, sofdil, kamtar, o'zida hulq,-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni mujassamlashtirgan shahslardir.
Navoiy halq orasida insonparvarlik g’oyalarini tarkatdi, turli millat va elatlar o'rtasidagi do'stlikni ulutladi. Halqni farovonlikka, baht-saodatga eltuvchi, qamma teng, zulm-istibdoddan holi bo'lgan davlat tuzumini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qo'yishni, tamagarlikni qoraladi. Na­voiyning yahshilik, ezgulik, muhabbat, do'stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go'zal fazilatlar, ma'naviy aqloqiy qadriyatlar to'qrisidagi qimmatli fikrlari, nasihatomo'z so'zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan qam barkamol insonni tarbiyalashga hizmat kilmoqda.
XV asrning ohiridan bopshab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz to'ta boshladi.
Temur avlodidan bo'lgan Zahiriddin Muqammad Bobur (1483-1530) o'sha davrning eng ma'rifatli podsholaridan biri edi.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o'z yurtini tashlab ketishga majbur bo'lgan Bobur avval Kobulda, so'ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida ibrohim Ludi ustidan qalaba kozonib Hindistonda o'z hukmronligini o'rnatdi. «Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatiniig davomchisi sifatida mashhur bo'ldi.
Bobirning hizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o'rnatdi, obodonlashtirish va ko'rilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me'moriy yodgorliklar, boqchalar, kutubhonalar barpo qildi, ma­daniyat, san'at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi.
Boburiylarning ko'pchiligi ma'rifatchilik bilan mashqul bo'ldilar, olimu fo'zalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir hizmati islom va budda diniga e'tiqod qiluvchi musilmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chiharishda bo'ldi.
Bobirning mashhur tarihiy asari «Boburnoma» dir. Bulardan tashhari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aro'z ilmiga oid «Mufassal», musiqa bo'yicha «Musikiy», harbiy ishlarga oid «harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o'sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afgoniston, Eronning siyosiy, ijtimoiy qayotini, savdo munosabatlari, geografiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, kabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir.
Bobur o'zining lirik she'rlarida ishq, muhabbat, Vatan soqinchi mehr, vafo, insoniylik, do'stlik, yahshilik va mehr-oqibatni qo'yiladi.
Shunday qilib, X1Y-XV asarlarda Movarounnahr va Hurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri qam deb atamoqdalar. XIV-XV asrlar moddiy va ma'naviy yuksalishining muhim hususiyati yana shundan iboratki, inson aql- zakovati va uning eng yahshi fazilatlarga e'tibor kuchaydi, ilm-fan va san'at rivoj topdi, qomusiy olimlar etishib chiqdi, madaniy merosni o'rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksa­lish hozir qam o'z aqamiyatini yo'qotgani yo'q. Ular mustaqil davlatimizni mustaqkamlashda, madaniy-ma'rifiy va tarbiya­viy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda ma'naviy ozuka vazifasini o'tamoqda.
Takrorlash savollari:
1.Eng qadimgi falsafiy harashlar hususiyati nimadaq
2.Zardushtiylik va buddaviylik falsafiy jiqatdan qanday farqqiladiq
3. O'rta asr falsafasi rivojida qaysi mutafakkirlarni bilasizq
4.Forobiyning borliq to'qrisidagi ta'limoti qanday harakter kasb etadiq
5. Tasavvuf qanday ta'limotq
6.Yassaviy qamda Naqshbandiy ta'limoti farqi nimadaq
7.Islom dinining falsafiy jiqatini aytib bering.
8.Temuriylar davri nega O'yqonish davri deb yuritiladiq
9.Temurnoma qanday asarq
10. Navoiyning bilish nazariyasi qanday harakterga egaq
11. Boburnoma qanday asarq

Tayanch so'z va iboralar:


Avesto, zardushtiylik, ahuramazda, ahraman, ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal, buddaviylik, moniylik, mazdak, Urta asr, Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Farqoniy, Horazmiy, Tasavvuf, sufizm, Yassaviy, Kubro, Naqshbandiy, diniy baqrikengik, Buhoriy, at Termiziy, Marqinoniy, kalom va islom falsafasi, Temur, Temurnoma, Temuriylar, Jurjoniy, Taftazoniy, Ulug’bek, Navoiy, hamsa, Bobur, Boburnoma.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling