1-mavzu: fan va uning paydo bo’lishi. Fanning sistema ekanligi(esse yozish) O’zbek tilining izohli lug’atida fan tushunchasi haqida quyidagicha izoh beriladi


-MAVZU: FANLAR TASNIFI(darslik va o’quv qo’llanmalarni tahlil qilish va maruza tayyorlash)


Download 41.71 Kb.
bet2/11
Sana28.12.2022
Hajmi41.71 Kb.
#1014724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
M.T.Tilshun.tabiiy f

2-MAVZU: FANLAR TASNIFI(darslik va o’quv qo’llanmalarni tahlil qilish va maruza tayyorlash)
Reja:

  1. Fanning vujudga kelishi

  2. Fanlarning sohalarga bo’linishi

  3. Texnik fanlarning vazifasi

Fanlar tasnifi ancha murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, bu boradagi fikrlar turli-tuman va hatto qarama-qarshilik jihatlariga ega. Fanlar Tasnifi - har qanday tamoyillarga asoslangan toifaga fanlarni bulish bir yo'ldir. Fanlar o'zaro aloqasi va tashkil shaklida Shu munosabat ifodasini ochib ilmiy faoliyati. Fanlarning dastlabki muayyan darajada izchil tasnifini biz Aristotel falsafiy merosida ko‘rishimiz mumkin. U o‘sha davrda falsafaga mos kelgan barcha bilimlarni uch qismga: nazariy, amaliy va ijodiy bilimlarga ajratadi. O‘z navbatida, nazariy bilimlarni Aristotel “birinchi falsafa” – metafizika, matematika va fizikaga ajratadi, bunda u metafizikaga aqliy mushohada yuritish orqali anglab etiladigan oliy asoslar haqidagi fan deb qaraydi.


Ma’lumki, texnika va texnologiyadagi hozirgi o‘zgarishlar fundamental fanlardagi ulkan o‘zgarishlar tufayli mumkin bo‘ldi. Fanning fundamental sohalaridagi muvaffaqiyatlar zaminida ko‘pgina amaliy tadqiqotlar va injenerlik ishlanmalari gurkirab rivojlanmoqda. Fanning, uning fundamental yo‘nalishlarining ildamlik bilan rivojlanishi FTTning yanada muvaffaqiyatliroq avj olishi uchun zarur shart-sharoit hisoblanadi. Uzoq o‘tmish va keyinchalik, YAngi davrda jamuljam holda fanlarning butun tizimini hosil qiluvchi fan sohalari shartli ravishda uchta katta guruhga (kichik tizimga) – tabiiy, ijtimoiy va texnik fanlarga bo‘lina boshlandi. Tabiatshunoslik fanlari tabiatni bilish, o‘zlashtirish va o‘zgartirish qonunlarini o‘rganadi.
Jamiyatshunoslik fanlari esa ijtimoiy munosabatlarni, insonni va uning jamiyatda tutgan o‘rnini,jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini o‘rganadi. Texnika fanlari bo‘lsa, inson tomonidan ixtiro qilingan mashina va mexanizmlar, ularning tuzilishi, qurilishi va ish faoliyatining qonuniyatlarinio‘rganuvchi fanlardir.
Texnik fanlarning vazifasi insonni texnika qurilmalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirib, yangi texnika vositalarini yaratishga yordam berishdan iboratdir.
Hozirgi davrda fanlar tasnifi: Ijtimoiy va gumanitar fanlar, Tabiiy fanlar, Texnika fanlari, Madaniy antropologiya, Astronomiya, Agronomiya, Arxeologiya, Biologiya, Aeronavtika, Geografiya (iqtisodiy), Geografiya (tabiiy), Ballistika, Lingvistika(Tilshunoslik), Geologiya, Bionika, San’atshunoslik, Tibbiyot, Biotexnologii, Tarix, Tuproqshunoslik, Geomexanika, Kliometriya, Fizika, Geofizika, Mintaqashunoslik, Ximiya, Informatika, Madaniyatshunoslik, Psixologiya, Adabiyotshunoslik, Kemasozlik, Pedagogika, Kulinariya, Siyosatshunoslik, Psixologiya, Kriptografiya, Dinshunoslik, Materialshunoslik, Soiologiya, Mashinashunoslik, Filologiya, Mexanika, Falsafa va falsafa tarixi, Nanotexnologiya, Iqtisodiyot nazariyasi, Robototexnika, Etnografiya, Sistemotexnika, Huquqshunoslik, Qurilish va Arxitektura, Kutubxonashunoslik, Tribologiya, Kitobshunoslik, Elektrotexnika, Hujjatshunoslik, Energetika v.h.k.
SHuningdek, matematika, mantiq, informatika va kibernetika kabi fanlar alohida – formal fanlar222 yoki mavhum (abstrakt) fanlar guruhini tashkil etadi.
Bu guruhlarning har biri o‘z predmetlari va metodlariga ko‘ra farq qiladi. SHu bilan birga, ular o‘z tor doirasida biqinib qolmasdan, bir-biri bilan aloqa qiladi, ayrim fan sohalarida guruhlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Bundan tashqari, mazkur kichik tizimlarning har biri bir-biri bilan bog‘langan muayyan fanlarning alohida tizimini hosil qiladi. Bu ularni mufassal tasniflash muammosini to‘la hal qilib bo‘lmaydigan darajada murakkablashtiradi. Hozirgi tabiiy fanlar predmeti va bilish metodiga ko‘ra mexanika, fizika, kimyo, biologiya, geologiya va h.k.ga bo‘linadi. Jamiyatshunoslik fanlari gumanitar va ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa, sotsiologiya, iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik va sh.k.)ga bo‘linadi.



Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling