1-mavzu: fan va uning paydo bo’lishi. Fanning sistema ekanligi(esse yozish) O’zbek tilining izohli lug’atida fan tushunchasi haqida quyidagicha izoh beriladi
-MAVZU:TILSHUNOSLIK VA SEMIOTIKA(esse yozish)
Download 41.71 Kb.
|
M.T.Tilshun.tabiiy f
9-MAVZU:TILSHUNOSLIK VA SEMIOTIKA(esse yozish)
Til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan vositalar sirasida turadi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o‘zi haqida va shu bilan birga borliqdagi boshqa ma’lum narsa-hodisalar haqida ma’lumot berishdir. Bunday vositalar b e l g i l a r deb nomlanadi. Inson o‘zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari b e l g i hisoblanadi. Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U ob’ektiv borliqdagi ma`lum voqea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Bundan axborot tashishning boshqa yo`llari ham borligi ma’lum bo`ladi. Masalan yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar, yo`ldan o`tish-o`tmaslik xabarini beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasida turadi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga borliqdagi ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Inson o`zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi. Tilning belgilar sistemasi ekanliga uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar hug`ullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruxshunoslarning ham diqqatini jalb qildi. Belgi haqidagi falsafiy nazariya o`zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy baxslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar. Faylasuflar ta`sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bag`ishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so`z ikki tomonlama haraktsrga ega bo`lgan belgi sifatida talqin qilina boshlanadi. V. Gumbol’dt, A.SHleyxer, SHteyntal’, L. Breal, A. Meye, F. Fortunatov, I. A. Boduen de Kurtene, N. Krutlevskiy asarlarida so`zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F. de Sossyur tilning belgili tabiatini aniq-ravshan yoritib beradi. Xatto belgi nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan – semiologiya fani mavjud bo`lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta`kidladi. Bir tomondan, strukturalizmning muvaffaqiyatli, ikkinchi tomondan, semiotika fanining rivojlanishi tufayli, 50-yillardan boshlab belgi muammosiga qiziqish yanada ortdi. Lingvistik muammolarii semiotik aspektda o`rganish lingvistikaning o`zining ham o`rnini o`zgarishiga olib keldi. U ham "inson bilimlari" sistemasida markaziy o`rin oluvchi fanga aylandi. Download 41.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling